O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan.
2001-yildan buyon har yili 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanib kelinayotgani barchaga ma’lum. Bu kun 1920-1930-yillarda va undan keyingi yillarda sobiq Sovetlar davlati tomonidan siyosiy qatag‘onga uchragan, ayniqsa, millat ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan yuz minglab vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlanadi. Shu muqaddas zamin, ona yurt tinchligi, mustaqilligi va taraqqiyoti uchun jonini fido qilgan, qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning hayoti, taqdiri haqidagi haqiqatni kelgusi avlodlarga boricha yetkazish har bir yurtdoshimiz uchun ham qarz, ham farzdir. Nom nishonsiz o‘tib ketar nomard kishi, Vatan uchun qayg‘urmoqlik mardning ishi, Tashvishingiz bo‘ldi doim yurt tashvishi, Vatan uchun joni qalqon, fidolarim, Ruhingiz shod bo‘lsin mangu bobolarim.22−23 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Бугун Президентимиз Шавкат Миромонович туғилган кун. Президент — Ўзбекистон Республикасида давлат бошлиғи, фуқароларнинг ҳуқуқлари ва эркинликларига, мамлакатимиз Конституцияси ва қонунларига риоя этилишининг кафили бўлган, қонунларни имзолайдиган энг муҳим шахсдир«KITOBXONLIK MADANIYATI:MUAMMOLAR, TAHLIL VA ECHIMLARI” mavzusida o’tkaziladigan seminar O‘tkazilish vaqti: Denov tuman , 2025-yil 9-iyul
📝📚 Kitobnomi:Diyonat ✍️Kitob muallifi:Odil Yoqubov Diyonat” romani ijtimoiy talqin ustuvorlik qilgan asar hisoblanadi: “Mingbuloqdan keladigan bir ariq suv dam oftobda kumushday yarqirab, dam ariq tagidagi giyohlar rangida ajib tovlanib, daryoday hayqirib oqmoqda edi. 🌐Ijtimoiy sahifalarimizga obuna boʻling va doʻstlaringizga tavsiya qiling
#TAVSIYA_ETAMIZ 🎙So‘z orqali ta’sir o‘tkazishni istaysizmi?
Insondagi hech bir narsa so‘zchalik ta’sirga ega emas. Buyuk shaxslar nutq orqali millionlab insonlarni o‘z ortidan ergashtirgan.
Ammo ko‘p insonlar omma oldida gapirganda hayajonlanish, o‘zini qanday tutishni bilmaslik, so‘zlarini unutib qo‘yish kabi muammolarga duch keladi ☹️
🏆“Ritorika. Notiqlik san’ati.” kitobida muallif ushbu muammolarga yechim beradi, hamda nutqni ta’sirli qilish uchun amaliy tavsiyalar taqdim qiladi.
Omma oldida fikrlarni erkin yetkazish vaqti keldi, “Ritorika. Notiqlik san’ati” kitobi bunga sizga yordam beradi ✔️
KUN TAVSIYASI: Rashk, xiyonat va asriy fojia «Insonni seving, lekin unga ko‘r-ko‘rona ishonmang…» Jahon adabiyoti durdonasi! Bugungi kun tavsiyasi — asrlar o‘tsa-da, o‘z qiymatini va dolzarbligini yo‘qotmagan buyuk tragediya — «Otello» asari. Bu shunchaki sevgi qissasi emas. Bu — mard va sodda sarkarda Otello, uning pokiza va vafodor rafiqasi Dezdemona hamda hasadgo‘ylik, makr-hiyla timsoli bo‘lgan Yago o‘rtasidagi ruhiy kurashlar dramasidir. Yagoning mayda pichirlashlari va yolg‘onlari qanday qilib ulkan muhabbatni fojiaga yetaklaganini sahifama-sahifa hayajon bilan o‘qiysiz. Har bir kitobxon hayoti davomida kamida bir marta o‘qishi shart bo‘lgan asrlar sadosi.Agar siz hali ham ushbu durdona asar bilan tanishmagan bo‘lsangiz yoki uni qayta kashf qilmoqchi bo‘lsangiz, bugungi oqshomni «Otello» mutolaasiga bag‘ishlang! Sizningcha, fojia va baxtsizlikka ko‘proq Otelloning rashki sabab bo‘lganmi yoki Yagoning hasadi va makri? Fikringizni izohlarda qoldiring!
«Diyonat» asari o‘zbek adabiyotining klassik namunalari sirasiga kirib, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab axloqiy ziddiyatlarni o‘zida mujassam etgan fundamental asarlardan biridir. Xalq yozuvchisi Odil Yoqubov ushbu romanda insonning o‘z vijdoni, e’tiqodi va jamiyatdagi mavqei bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir ruhiy va ma’naviy tanlovlarni chuqur psixologik tahlil qiladi. Asarning markaziy o‘qini qahramonlarning shaxsiy manfaatlari hamda ular amal qilishi shart bo‘lgan axloqiy-huquqiy me’yorlar o‘rtasidagi o‘tkir ziddiyatlar tashkil etadi. Muallif voqealar rivoji orqali «diyonat» tushunchasining nafaqat deklarativ (so‘zda ifodalangan) mohiyatini, balki uning inson hayotining kundalik qarorlarida, faoliyatida va ijtimoiy munosabatlarida qanchalik jiddiy sinovlardan o‘tishini dalillaydi. Roman qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari hamda jamiyatda ro‘y berayotgan murakkab ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro to‘qnashuvini aks ettiruvchi tahliliy-maishiy janrdagi badiiy asardir.
Sen yetim emassan. Rahmat Fayziy Rahmat Fayziyning eng mashhur asarlaridan biri — “Sen yetim emassan” kinoqissasi (stseneriy) hisoblanadi. Asarda: • turli sabablar bilan ota-onasiz qolgan bolalar; • ularning bolalar uyidagi hayoti; • ularga mehr beradigan tarbiyachilar; • ularning mehnat, do‘stlik, ahillik orqali topgan baxti haqida tasvirlangan.
“Gender tenglik – taraqqiyot kafolati.” Bugun 21 — noyabr kuni Denov tuman Axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2025 – yil 11 – noyabrdagi 77 – sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Gender tenglik – taraqqiyot kafolati ” mavzusida «Vodiy»mahallasidagi ayollar, o’smir yoshdagi qizlar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Subatda TAKM mutaxassislari xotin-qizlarning huquqlari , ularning iqtisodiy va siyosiy hayotdagi oʻrni, shuningdek, gender -tengligi haqida maʼlumotlar berildi. Suhbat davomida ishtirokchilar oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi va kerakli maʼlumotlarga ega bo’ldi.