Zulkifl maqbarasi — Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegara hudida joylashgan.
Termiz yaqinidagi meʼmoriy yodgorlik (11-12 asrlar). Rivoyat qilinishicha, bu yerga Qurʼoni karimda tilga olingan 25 payg‘ambarlardan biri Zulkifl payg‘ambar dafn etilgan.
Zulkifl mil.avv. 7-6 asrlarda yashab o‘tgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning qabri Iroqning Kifl shahrida joylashgan, G‘aznaviylar davrida Zulkifl qabri orolga ko‘chirib keltirilgan va maqbara hamda masjid barpo etilgan.
Termiz tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy va gʻarbdan Afgʻoniston, sharqdan Tojikiston, shimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 83,4 ming kishi (2023). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlogʻi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Uzun tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942-yil 12-yanvarda tashkil etilgan. 1959-yil 15-oktabrda Sariosiyo tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1991-yil 29-martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli-gʻarbdan Sariosiyo tumani, sharq, janubiy, shimolidan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, gʻarbdan Denov, Shoʻrchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km². Aholisi 183,3 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Bobotogʻ, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi — Uzun shahri. Uzun tumani 2018-yildan Yangi roʻzgʻor mahallasi uzumchilikka asos solinib har bir aholi uylarida kamida 10 tupdan uzum koʻchatlari ekilib, hozirgi 2023-yilga kelib anchagina mahallaga koʻrk va tadbirkorlikka yoʻl ochib berilmoqda. Bu esa tumanning yanada rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Sulton Sanjar Moziy maqbarasi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XVI asr. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Ostona“ MFY. Davlat mulki (Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida) „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

Said otaliq madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Denov shahri markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. XIX asrda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakili amir Haydar hukmronligi davrida, uning qaynotasi Sayyid otaliq homiyligida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy tomonidan bunyod etilgan.
Madrasa XVI asrda Shayboniylar hukmronligi davrida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan deya taxmin qilinar edi. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar). Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!
Viloyatimiz tarixidagi 18 mart sanasi bilan bog‘liq bir voqea bayoni
1400 yil (bundan 624 yil oldin) – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshbandning birinchi xalifasi (shogirdi) Xoja Alouddin Attor Dehnav yaqinida vafot etdi. Manbalarda qayd etilishicha, Alouddin Attor ota merosidan voz kechib, Buxoro madrasalarining birida o‘qigan. U ko‘p o‘tmay Xoja Bahouddin nazariga tushgan. Alouddin Attor Buxoroda yashab, o‘z hovli-joyiga ega bo‘lgan va farzandlar ko‘rgan.
Bahouddin Naqshband Alouddin Attorni botin ilmiga mashg‘ul qiladi. Bundan Alouddin Attor nafaqat dunyoviy ilmlarda, balki tariqatda ham kamol topadi. U ellikdan ortiq asar yozib, ularda fanning deyarli barcha sohalarini aks ettirgan. Alouddin Attor Bahouddin Naqshband vafotidan so‘ng Chag‘oniyonning Dehnav (Surxondaryoning hozirgi Denovi)ga kelib yashagan. Xoja Alouddin Attorning ko‘pgina shogird va muridlari bo‘lgan.

«Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi

Uch qavatli ushbu muzey ekpozitsiyasi “Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy san’at”, “Mustaqillik davri” hamda “Etnografiya” singari 5 ta bo‘limdan iborat. Uning fondida 16 yo‘nalishda 61 mingdan ziyod eksponat mavjud bo‘lib, shundan, 3 mingdan ortiq eksponat noyob ashyo va kolleksiyalar sirasiga kiradi.

Termiz tumanidagi “Zurmala minorasi” va “Eski Termiz”, Sherobod tumanidagi “Zarautsoy”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on minorasi”, Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa”, Muzrabot tumanidagi “Kampirtepa” madaniy meros obyektlari muzey tasarrufiga o‘tkazilgan.

Muzey 1933-yilda tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi qarori bilan Surxondaryo tarixi va madaniyati muzeyi «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasiga aylantirilgan.

SULTON SAODAT


Sulton Saodat majmuasi – Termiz shahrida joylashgan. Musulmon Sharqida payg‘ambarning avlodlari (“ahl ul-bayt”, ya’ni sayyidlar) daxmasi sifatida tanilgan. Ular payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning qizlari Fotima va xalifa Ali nikohidan tug‘ilgan Imom Husaynning avlodlaridir. Majmuada X-XVII asrlar mobaynida Termiz sayyidlarining oila vakillari dafn etilgan. “Sayyid” so‘zi arab tilida “janob” degan ma’noni anglatadi, shuningdek, Muhammad (s.a.v.)ning nevaralari Hasan avlodi “sharif” va Husayn avlodi “sayyid” unvonlari bilan yuritilgan. Sayyidlar Yaqin Sharq va Mag‘rib o‘lkalarida ko‘proq ashraf nomlari bilan mashhur bo‘lishgan.Tadqiqotchilarning izlanishlariga ko‘ra, Hasan al-Amir[1] 850 yilda o‘z yaqinlari bilan Samarqandga kelib, o‘n bir yil yashagan. Keyin Balxga ko‘chib, taxminan 865 yillarda Termizga kelgach, shu yerda butunlay o‘rnashib qolgan. Shu tariqa bu yerda obro‘li sayyidlar sulolasi shakllangan. Amir Temur hukmronligi davrida ham Termiz sayyidlari xonadonining nufuzi yuqori bo‘lgan. Ulardan Abu-l-Maali va Ali Akbarlar Sohibqironning harbiy yurishlarida qatnashgan[2]. Amir Temur Hindistonga qilgan yurishlarida Termiz sayyidlari xonadonida to‘xtab, ularning mehmoni bo‘lgan. O‘rta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida o‘rni bo‘lgan. Sohibqiron va temuriylar payg‘ambar avlodlariga hurmat ko‘rsatishni sharaf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar o‘z davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma’naviy, madaniy ahamiyatga ega tabarruk joy sanaladi.

Bo‘ o‘ziga xos yodgorlik majmuasi memoriy nuqtai nazardan bir necha asrlar davomida shakllangan. Binoning boshlanishi, alohida maqbaralarda ishlatilgan g‘ishtlarning naqshlariga qo‘ra, X asrga borib taqaladi. Majmua dastlab X asrda qurilgan ayvon turidagi ravoqli qurilma[3]ga ega masjid, darvozaxonadan iborat bo‘lgan. So‘ngra XIV-XVII asrlarda maqbara, xonaqoh va boshqa jami o‘n oltita xo‘jalik binolari qurilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Sulton Saodat majmuasining shakllanishi ikki davrni o‘z ichiga olgan.

Sulton Saodot maqbarasi naqshinkor pishiq g‘ishtdan terilgan bo‘lib, devor qismi o‘ziga xos yangi unsurlar bilan boyitilgan geometrik shaklda bezatilgan. Maqbaraning old tomoni sharqqa qaratilgan bo‘lib, turli shakldagi g‘ishtlar bilan ishlangan. Yuqori qismining ikki qatori keng gumbazli bo‘lib, kichik o‘rta gumbaz qismi kirish peshtoqiga ulangan. Maqbaralar peshtoq va gumbazli chorsu xonalar (9×9, 0,5 m va 10m, 15×10,25 m) dan iborat. Shimoli g‘arbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy g‘isht (27x27x5 sm) dan juft-juft holda terilib, mavjli bezak hosil qilingan hamda ichki xona devoralariga hoshiyali bo‘rtma ravoqlar ishlangan. XIV asrda ikki maqbarani bog‘lovchi ravoq qurilib, uning tashqi tomoni kesma havorang g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Shu davrda Termiz sayyidlarining boshqa dahmalari ham barpo etilib, ularning aksariyatiga pushtirang buyoq berilgan va gumbaziga aylanma zinapoya ishlangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 6 aprelda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qilib, muqaddas qadamjo ulkan ma’naviy meros va tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish, majmua hududini arxeologik o‘rganish asosida obodonlashtirib, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish taklfini kiritgan.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Termiz davlat universiteti arxeologiya kafedrasining qadimshunos o‘qituvchisi Sarvar To‘rayev qariyb 5 kilometrga cho‘zilgan qadimiy devor qoldiqlarini aniqladi.
O‘tmishda devorlar insoniyatni turli tashqi kuchlardan muhofaza qilish, hududlar chegarasini belgilash, yirtqich hayvonlardan himoyalanish kabi maqsadlar uchun qurilgan. Keyinchalik bu devorlar kuch-qudrat, tinchlik, nizolar timsoli, ramzi sifatida o‘z davrining xalq og‘zaki ijodi, tarixi va adabiyotiga oid asarlarida ham muqim joy olib kelgan.  
Qadimshunos duch kelgan qadimiy devor Denov tumanining shimoliy-g‘arbiy qismini o‘ragan Hisor tog‘ tizmasi tizimidagi Surxontog‘ tog‘i etaklari – Ko‘kabuloq, Yuqori Oybarak hamda Dahana qishloqlari o‘rtasida cho‘zilgan. Shu yerlik aholi devorni “Kofirqal’a” yoki “Kofirdevol” (Kofirdevor), deya atab kelgan. Qadimiy devorning topilishi nafaqat mahalliy, balki xorijlik arxeolog olimlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.
– Termiz davlat universiteti arxeolog professor-o‘qituvchilari Fransiya, Chexiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar qadimshunoslari bilan qo‘shma ekspedisiyalar bo‘yicha memorandumlar imzolab, mustahkam aloqa o‘rnatgan. Hamkorlikda Sherobod, Termiz kabi tumanlarda faol arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda, – deydi ekspedisiya rahbari, tarix fanlari doktori, professor Shopo‘lat Shaydullayev. – Endilikda viloyatning shimoliy tumanlarida ham qo‘shma arxeologik ekspedisiyalarni yanada keng yo‘lga qo‘ymoqchimiz. “Shimoliy Surxondaryo arxeologik yodgorliklari” mavzuida ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan yosh qadimshunosimiz Sarvar To‘rayev Denov tumanida arxeologik qidiruv- kuzatuv jarayonida qadimiy devor qoldiqlariga duch kelgan. U devor bilan bog‘liq dastlabki ma’lumotlarni to‘plab, taqdim etdi. Bu devor nafaqat bizni, balki Fransiya va chexiyalik arxeolog hamkorlarimizni ham qiziqtirib qo‘ydi.Izlanuvchan arxeolog Sarvar To‘rayevning aytishicha, Kofirdevor tog‘dan enib keluvchi Obdara soyi bo‘yidan boshlangan va g‘arbga qarab qirlar ustidan va ayrim tik qirlar yonidan o‘tkazib barpo etilgan. Yaqinda O‘zbek-Chex qo‘shma arxeologik ekspedisiyasi, professorlar Sh.Shaydullayev va L.Stancho, Fransiya arxeoriyent ilmiy labaratoriyasi katta ilmiy xodimi J. Luilliyer arxeolog S.To‘rayev hamrohligida Kofirdevorda dastlabki kuzatuv va qidiruv ishlarini olib bordi. Ilk izlanish chog‘ida qadimiy devorga oid qator qiziqarli ma’lumot va artefaktlar yuzaga chiqdi. Devorning uzunligi Obdara soyidan shimolga yo‘nalib, baland qoyalikka, undan so‘ng boshlanuvchi tabiiy kanonga borib tugashigacha 4 ming 300 metr atrofida ekani aniqlandi. Devor xarobalarining eni 4-6 metr, ba’zi joylarda 13 metrgacha yetadi. Tik qoyalik hamda qir usti tabiiy qisqargan joylarda 1-1,5 metrni tashkil etadi.

Devor asosan toshdan bunyod etilgan bo‘lib, ularni biriktirish uchun loy aralashtirib qurilgan.  
–Uzoq masofaga cho‘zilgan devorni qurish oson kechmagan,–deydi TerDU o‘qituvchisi, arxeolog Sarvar To‘rayev.– Buning uchun tog‘ bag‘ridagi soylikdan turli hajmdagi katta-kichik tosh tashilgan. Ko‘plab paxsakor va chimkor ustalar, qo‘riqchi minoralari uchun mohir harbiy muhandislar jalb etilgan. Bundan tashqari devor quruvchilari kimlar bo‘lgan, degan savol ham bizni juda qiziqtirmoqda. Asirlarmi, harbiylarmi yoki aholimi?. Shunisi aniqki, bu yerda bir vaqtning o‘zida yuzlab ishchi mehnat qilgan. Devorning tik yuqoriga yo‘nalgan qismlarida suvsizlikka chidamli shuvoq o‘simligidan foydalangani ham ma’lum bo‘ldi. Bilsangiz,  shuvoq suvsizlikka chidamli o‘simlik bo‘lib, ildizi yerga chuqur ketadi. Bu devorning mustahkamligini ta’minlab, namlikka chidamliligini oshiradi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, qadimiy inshoot Kushonlar davlatining so‘nggi davri va ilk o‘rta asrlarga tegishli yirik mulkning himoya qo‘rg‘oni bo‘lgan.  
Tarixchilarning aytishicha, arablarning O‘rta Osiyoga bosqini mahalliy hukmdorlar, aholi va arablar o‘rtasida uzoq yillik ayovsiz jangu jadallarni keltirib chiqargan. Bosqinchilarga qarshi qurol ko‘tarib, bo‘ysinmagan xalq va hukmdorlarni arablar kofir, deb e’lon qilgan. Ularga qarshi shafqatsiz jang olib borgan. Devorga “Kofirqal’a”, “Kofirdevor” nomlari berilishi ham ana shu voqealar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Arxeologlar devor Surxontog‘ etagidagi vohaning shimoli-g‘arbiy qismini janubiy-sharqiy qismdan himoyalash uchun qurilgan, degan taxminni ham ilgari surmoqda. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlar yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan Qizqo‘rg‘on qoya tepaligi ham shu devor o‘ragan qism ichida qoladi. Keyingi yillarda Surxon vohasining shimoliy qismida ish olib borayotgan O‘zbek-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspedisiyasi a’zosi, taniqli arxeolog T.Annayevga ko‘ra, arxeologik kuzatuv va qidiruv jarayonlarida Qizqo‘rg‘on yodgorligidan antik davr va Kushon davri sopollari topilgan.  
–Surxondaryo hududida qariyb bir asrlik arxeologik kuzatuv hamda ekspedisiyalar jarayonida o‘nga yaqin voha, qal’a va mulklik devorlari ko‘rinishidagi arxeologik inshootlarga duch kelingan, – deydi arxeolog Sarvar To‘rayev.– Ayniqsa, Sug‘diyona va Baqtriya chegaralarini belgilovchi shimoli-g‘arbiy qismi, Ko‘hitang, Sarimas, Suvsiztog‘, Keraga, Surxontog‘ etaklarida bu kabi devorlar izlari ko‘zga tashlanadi. Ko‘hitang etagidagi Uzundara yodgorligida N.Dvuruchenskaya, Ko‘hitang etaklarida Sh. Shaydullayev boshchiligida ekspedisiyalar ish olib borgan. Mashhur arxeolog G.Pugachenkova o‘tgan asrning 60-70-yillarida vohaning shimoliy qismi Kushon yodgorliklarini o‘rganayotganida unga mahalliy tarix ixlosmandlari Denov tumanidagi Surxontog‘ etaklarida Sina devori, deya ataladigan devor qoldiqlari borligi haqida ma’lumot berganini qayd etgan. Shundan keyingi davr arxeologlari izlanishlarida mazkur devor haqida bironta ma’lumot uchramaydi.  
Xo‘sh, bu yerga kelgan O‘zbek-Chex qo‘shma ekspedisiyasida devor qoldiqlari qanday fikr uyg‘otdi
–Qisqa muddatli qidiruv jarayonlarida yangi devor qoldiqlaridan zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanib, ilk va rivojlangan o‘rta asrlarga oid ikki dona kamonning uch qismi topildi,–deydi professor L.Stancho.– Devor qoldiqlari bo‘ylab duch kelingan sopol bo‘laklari ilk va rivojlangan o‘rta asrlar, ikki dona sopol bo‘lagi Kushonlar davrining so‘nggi bosqichi kulolchiligi mahsuli ekani aniqlandi. Umid qilamizki, keyingi izlanishlarimiz chog‘ida devor bilan bog‘liq yana ham qiziqarli ma’lumotlar aniqlanadi. Devorning ayrim joylarida minoralar bo‘lgani va ichkari qismda toshdan terilgan aylana shakldagi belgilar uchragani ham Kofirdevor olis o‘tmishdan so‘zlaydigan noyob arxeologik topilma ekanidan darak bermoqda.  
Kuhna viloyatning boy o‘tmishi, qadimgi ajdodlarning turmush tarzi va madaniyati bilan qiziqayotgan tinib–tinchimas arxeologlar kelgusi mavsumda qidiruv-qazish ishlarini davom ettirishga bel bog‘lagan.

Denovlik sportchilar Yaponiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan 8-Jahon chempionati hamda Osiyo chempionati musobaqasini muvafaqiyatli o‘tkazdi

Joriy yilning 2-6 noyabr kunlari Yaponiyada sportning karate turi bo‘yicha 8-Jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 17 ta davlatdan kuchli sportchilar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston terma jamoasida — Denov tumani sport maktabining 2 nafar sportchisi ham munosib ishtirok etdi. Ful-kontakt yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Sherzod Naimov, ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada, Aziza Tursunova har ikki sportchimiz 3-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, 6–8 noyabr kunlari Qozog‘istonda sportning karate turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 20 dan ortiq  davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqada Denov tumani sport maktabining sportchisi Ziyodullayeva Shodiya ham 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa ishtirokchilarining ustozlari, Denov tumani sport maktabining oliy toifali trenerilari Bahodir Muqimov va Otabek Nazarovdir.

O‘zbek tili bayrami Denov tumanida ko‘tarinki ruhda o‘tdi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda «21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami» kuni munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida tumanimiz bo‘ylab keng nishonlanib, joylarda tadbirlar o‘tkazildi. Bugun tuman markazidagi «Afrosiyob» milliy istirohat bog‘ida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining «21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami» kuni munosabati bilan bayram tabrigi tuman hokimi o‘rinbosari F. Rasulov tomonidan o‘qildi va bir guruh o‘zbek adabiy tili ruhida yoshlarni tarbiyalayotgan ustozlarga «Tashakkurnoma» va esdalik sovg‘alari berildi.

So‘ng adibning ijodiga bag‘ishlangan musiqa maktabi badiiy chiqishlari, gala konsert, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, baxshilar termasi asosida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Denov tumanining chekka va tog‘li O‘shor qishlog‘i uchun “Mirzo Ulug‘bek”onlayn maktabi tashkil etildi.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan.Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani 70-sonli hamda Surxondaryo viloyati, Denov tumanining O‘shor qishlog‘idagi 62-sonli maktablardir.Mazkur maktabda yuqori sinf o‘quvchilari malakali ustozlardan matematika va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha ta’lim oladi.

Surxondaryodagi Sunbulaizorda bo‘lganmisiz?

Surxondaryo viloyatining maftunkor, turfa ranglarda tovlanuvchi tabiat manzaralari ham sayyoramizning turli davlatlaridan kelgan sayyohlarga xush yoqadi. Sayyohlar tog‘u dalalarni, bog‘u zilol suvlarni zavq bilan tomosha qiladi.Denov tumanining tog‘li va qadimiy Sina qishlog‘i o‘zining ana shunday tabiat go‘zalliklari, asrlardan buyon insoniyatni hayratga solib kelayotgan maftunkor Sunbulaizor chashmasi bilan dong taratgan.

Sina, O‘shor, Sunbula qishloqlariga press-tur uyushtirildi

Denov tumanining Sina qishlog‘ida o‘tkazilgan milliy taomlar sayli doirasida viloyat hokimligi, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari jurnalist hamda blogerlar uchun press-tur uyushtirdi.Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, O‘shor, Sunbula kabi qishloqlar hayoti bilan tanishdi. Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat moʻjizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.Ko‘rgazmasidan ikki ming turdagi taom joy olgan sayilda Surxonning milliy tandir kabob, cho‘poncha, bixtirma singari o‘nlab noyob taomlarini tayyorlash sirlarini kuzatdi.Sinalik qo‘li gul oshpazlar avloddan-avlodga o‘tib, e’zozlab kelinayotgan nafis hunarlarini, non, somsa, patir va boshqa shu hududga xos taomlarni tayyorlash jarayonlarini namoyish etdi.

Denovda milliy taomlar sayli o‘tkaziladiJoriy yil 6 oktyabr kuni Denov tumanining «Sina» mahallasida milliy taomlar sayli o‘tkaziladi.Ushbu saylda shahar va tumanlarning milliy uslubda bezatilgan pavilonlari tashkil etilib, shu hududga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi, taomlar tayyorlash bilan bog‘liq uslub, udum va an’analar namoyish etiladi.Sayl davomida folklor etnografik jamoalar, milliy cholg‘u guruhlari va yosh san’atkorlarning chiqishlari, an’anaviy xalq o‘yinlari bo‘yicha turli musobaqalar tashkil etiladi.Sayl yakunida “Eng yaxshi milliy taom” va “Eng yaxshi oshpaz” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar saralanib, diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


«HURRIYAT» gazetasining 2023 yil 27- sentyabr 37-sonida:
DUNYODA YAXSHILAR KO‘P
Xayolimda yig‘ilgan fikrlarni, o‘ylarni bir o‘tirishda yozib tashlashimga ishonchim komil edi. Ammo qo‘limga qalam olib-olmasimdan so‘zlarim, xayollarim chulg‘anib, qalamning uchi qog‘ozga tiraldi. Sababi, men so‘z yuritmoqchi bo‘lgan inson nafaqat Denov tumani-yu Surxondaryo viloyatida taniqli shaxs bo‘lmay, balki butun mamlakatimizda ham mashhur kishi bo‘lib, bemalol, ko‘ngil istaganday yozish dushvor ekanligini anglab qoldim. Bunday odamlar shaxsiyatida ortiqcha so‘z qo‘shib bo‘lmaganidek, so‘zlarni “tejash” ham go‘yo kamsitilgandek tuyulardi… Xayollarim qotib, o‘yga cho‘mdim. Alal-oqibat uning hayotidan bilgan, guvohi bo‘lgan ayrim ibratli lahzalarni ko‘z o‘ngimga keltira boshladim.
Toshtemir Turdiyev. Bu insonning ta’rifini maktabda o‘qib yurgan kezlarimdanoq eshitganman. Avvaliga shoir va jurnalist, keyinchalik xalq ijodiyotining yana bir fidoyi olimi sifatida. Uning uzluksiz izlanishlari natijasida qo‘lga kiritgan Surxondaryo va Qashqadaryo xalqlarining bebaho ijod durdonalari tuman hamda viloyat gazetalarida bosilgani sayin mushtariylarning o‘tmishga bo‘lgan mehrini yanada orttirardi. Afsuski, Toshtemir aka bilan men kechroq tanishdim. Unda ham bir mashqim tufayli. Uni taniqli shoir Nizomjon Parda o‘qib: Hikoyangiz yomon emas, — dedi, negadir menga shubhali boqib.
—Shu vaqtgacha sizning yozganlaringizga ko‘zim tushmagan ekan…
— Men o‘qishda edim. Keyin, ikki tilda yozaman.
— Zullisonayn ijodkorman deng, – Nizomjon akaning shubhalari tarqalib, yuzlari yorishdi, – Rosti gap, hikoyalaringizga e’tirozim yo‘q, qo‘lingiz kelishib qolibdi. Shunga qaramay Toshtemirjonga bir o‘qiting. Bir ijodkorni kashf etsa, u kishi tilla to‘la ko‘za topganday quvonadi. Nizomjon Pardaning quyidagi so‘zlari esa hayratimni yanada oshirgan edi.
— U kishi Denovning Mir Alisheri. Ham adabiyot sohasida, ham siyosatda. Balki mubolag‘a qilgandirman, ammo ikkisining yukini teng ko‘tarishda bu orada u kishiga teng keladigani yo‘q. Hali bu gaplarimga o‘zingiz amin bo‘lasiz. Qalamkashlarni ko‘rsa quvonadi, boshlarini biriktirib ustozlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, Toshtemir akaning salobati yanada oshib, hali yetilmagan mashqlarim bilan u kishining vaqtini bekor ketkizgim kelmadi.1974 yilning noyabr oyi. Maktabdan endigina uyga qaytib, hali kiyimlarimni almashtirishga ulgurmagan edim, ko‘chada mashina signali eshitildi. Chiqdim. Haydovchi mashinadan tushmay:
— Sizni katta chaqiryapti, – dedi.
— Kattangiz kim? – Hech narsaga tushunmadim.
— Rayon xalq nazorati bo‘limi bosh­lig‘i.
— Demak, Toshtemir aka yo‘qlamoqda. Qiziq, nima gap ekan?
Yo‘l-yo‘lakay sabab izlardim. Bir gumonim yaqinda qishloq sho‘rosining raisi bilan tortishganim bo‘ldi. Bir kuni ho‘jalik daftarini olib keldi, o‘qituvchilarga tarqatdi. Qishloq aholisining tomorqasini, mol-holini qayta ro‘yxatga olish uchun. Qaysarligim tutgan edi, rais katta ketdi. Men ham past ketmadim. Rost-da, nima ish bo‘lsa — maktab ko‘ndalang, kam-ketik topishsa, hamisha tayoq o‘qituvchining boshida sinadi. Raisning jazavasi tutib, mening ko‘zimni moshdek ochishga “va’da” bergancha maktabdan chiqib ketgan edi. Bari tushunarli. Demak, chig‘iriqdan o‘tkazishadi. Xayolimni yig‘ib, bo‘lajak savol-javoblarni tartibga sola boshladim:— “Ma’lumotingiz?”
— “Oliy”
— “Kasbingiz”
— “O‘qituvchi”
— “O‘qituvchi bo‘laturib siyosatga qarshi chiqishingizni qanday tushunish mumkin?!”
— “Siyosatga qarshi chiqib ne qilibman?”
— “Qishloq sho‘rosi raisining so‘zini nega ortiqcha daxmazaga chiqardingiz?”
— “O‘qituvchining vazifasi o‘qitishdir. O‘z vazifasini o‘ylab, yosh avlodning kelajagi bilan qiziqmaydigan qorinboylarning dastyori emas!”
— “Egilgan boshni qilich kesmaydi!”
— “Boshni qilich emas, qilich kimning qo‘lida bo‘lsa o‘sha kesadi!”
— “Tushunmadim. Menga siz falsafa to‘qimoqchimisiz?”
— “Yo‘q, uzr, aslo…”
Bundan battaroq xayollar bilan boshliqning eshigini ochdim. Xona uzun edi. O‘rtada xona bo‘yi stol qo‘yilgan. Ikki tarafida orqa suyanchida oq surpdan jil
d qoplangan stullar terilgan. To‘rda ko‘ndalang qo‘yilgan stol ortida uzun bo‘yli, barvasta odam o‘tirardi. U yozishdan bosh ko‘tarib, “Keling” — dedi va yozuvdan to‘xtab, oq oralagan o‘siqroq sochini barmoq panjalari bilan orqaga taragancha menga yuzlandi.
— Xizmat? Men o‘zimni tanishtirdim. U kishining yuzlari beixtiyor yorishib o‘rnidan turdi.
—Siz Boybo‘sinovmisiz? — so‘radi va javobimni kutmay qo‘shdi. — Kecha ocherkingizni o‘qidim. O‘zimizning gazetada. Ofarin!Kutilmagan maqtovdan kayfiyatim o‘zgardi chog‘i, buni ilg‘agan boshliq o‘sha ohangda so‘zini davom ettirdi.
Chorshanbi DEHNAVIY,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
(Maqolaning davomini gazeta sahifasidan yoki www.uzhurriyat.uz veb-sayti orqali o‘qishingiz mumkin)
O’lkamiz tarixiga bir nazar
Асрлар давомида маърифат маскани сифатида хизмат қилиб келган Саид Оталиқ мадрасаси XVI асрда Хўжа Алоуддин Атторга атаб бунёд этилган.
Ул зот халқ орасида Шайх Аттори Валий номи билан машҳур бўлган. Алоуддин Аттор Баҳоуддин Нақшбандийнинг куёви бўлиб, тариқат таълимотини кенг ёйиш учун Деновга кўчиб келган.
Мадраса у зотнинг ўғиллари ва неваралари томонидан 26 йил давомида қурилган. Манбаларда айтилишича, Ҳазрат Хожа Алоуддин Аттор нақшбандия тариқатининг улуғ пири, авлиё, “Силсилаи шариф”дa ўн еттинчи ҳалқадаги муршид, аллома бўлган. Асл исмлари Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Бухорий бўлиб,  “Аттор”  дейилишларига сабаб ул зоти шарифдан ҳамиша хушбўй ҳид таралиб турган.
Ҳазрат Баҳоуддин вафот этгач, Ҳазрат Алоуддин Аттор ўз замондошларига таълим берган. Ул зот илми, одоби, тарбияси, хулқи билан устозининг дуосига сазовор бўлган.

Denov tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 2-sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydon. 0,75 ming km2. Aholisi 420,0 mingdan kishidan ziyod (2023). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 2 shaharcha (Doʻstlik va Xayrabod), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ ,Paxtakurash MYF) bor. Markazi — Denov shahri.

Tabiati
Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.
Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.

Xo’jaligi

Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, araq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikaalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar Togʻ etaklarida lalmikor dehq-onchilik (asosan bugdoy va arpa) bilan shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yoʻl, Xoʻjand—Dushanba, Termiz—Dushanba avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq»vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932-yildan „Chagʻoniyon“ tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000).

Surxondaryo viloyatidagi «Bobotog‘» tog‘ tizmasining hayratlanarli manzaralari
Togʻ tizmasi Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida, Surxondaryo va Kofarnixon daryolari qoʻshilishida joylashgan boʻlib, uzunligi 125 kilometr, eni 30-40 kilometrga choʻzilgan.
Dengiz sathidan 800-900 metr balandlikdagi massivning 65 ming 732 gektardan ortiq maydoni o‘rmon xo‘jaligi uchun ajratilgan bo‘lib, unda na’matak, bodom, pista kabi mevali va manzarali daraxtlar o‘sadi. Bundan ham balandroq adirlarda archa oʻrmonlari va dorivor qichitqi oʻsimligi bor.
Surxondaryo viloyat Denov tuman “Shayx Attor Vali” ziyoratgoxi.
Movoraunnaxrlik mutasavvir olim va avliyo Baxovuddin Naqshbandning ikki xalifasi bo‘lgan. Ulardan biri Shayx Alovuddin Attor Vali, ikkinchisi Xoji Muxammad Porso al Buxoriydir. Shayx Alovuddin Attor Vali Baxovuddin Naqshbandning kuyovi bo‘lgan. Naqshband vafotidan (1389 yil) keyin Shayx Attor Vali Denovga kelib, Naqshbandiya tariqatini targ‘ibot qilgan. Melodiy 1400 yil 18 martda xijriy 802 yil 20 rajab oyida vafot etgan. Qabri Denovda Shayx Attor Vali qabristonida, shayx Attor Valining keyingi avlodlari, ul zotning o‘g‘li Shayx Xasan Attor Vali va nevarasi Xoja Yusuf Attor. Jumladan buyuk alloma va avliyo Xaydarqul xoji xam shu yerda qo‘nim topgpn.
Ushbu xujjatlar Surxondaryo viloyat arxiv ishi tizimidagi Denov tuman davlat arxiviga saqlanmoqda.
«Hurriyat» gazetasining yangi sonida Denovning bugungi salobati haqida so‘z boradi
MA’RIFATGA YO‘GʻRILGAN UMR
Toshtemir Turdiyev haqida uzoq yillardan buyon respublikamizning turli darajadagi matbuot nashrlarida juda ko‘p maqola, ocherk va esselar yozilganidan xabarim bor.
Ularning birida qaxramonim olim, birida adib, birida qadimshunos va shoir, ma’naviyat targ‘ibotchisi,birida tadqiqotchi-etnograf, tajribali va zukko rahbar sifatida talqin etiladi.
Ochig‘i, Toshtemir akada bu sifatlarning barisi mujassam. Biroq, bugun Toshtemir akani nainki denovliklar, balki u kishi bilan hech bo‘lmasa bir marta muloqot qilgan “begonalar” ham “ustoz” deya murojaat qilishga o‘rganib qolishgan. Menimcha, ana shu ta’rif domlaning uzoq yillik amallariga qo‘yilgan haqiqiy baho bo‘lsa kerak. Axir, Denovdan o‘tib, butun bir vohaning katta-kichik ijodkor-u ziyolisi nazarida ustozlik maqomiga erishish har kimga ham nasib etmaydigan baxt emasmi… Shu fikrga qo‘shilishga istihola qiluvchilar uchun “yog‘i ketmagan” bir misol. Toshtemir aka bilan suhbatimiz jarayonida domlaning qabuliga «Assalomu alaykum, ustoz!» deya kirib kelgan to‘rt-besh nafar kishining birovi tuman moliya bo‘limining rahbari, birovi fermer, yana ikkisi qaysi bir korxonaning hisobchilari edi. Domla haqida eshitmaganlar uchun ijodiy muhitdan uzoqroq kishilarning Toshtemir akaga “ustoz” deya murojaat qilishgani boshqacha tuyulishi mumkin edi, balki. Biroq, Denovda taomil ham, gapning indallosi ham shu – kasbi, hunari, vazifasi qanday bo‘lmasin, barcha uchun Toshtemir aka bir maqomatda – USTOZ!
Toshtemir akaning mehnat daftarchasida qariyb yarim asrlik faoliyat muhrlangan. Domla haqida nimadir qoralash niyatida olgan ma’lumotlar orasidan ana shu uzoq yillik faoliyatini alohida qismlarga ajratib, biror yo‘nalish haqida yozishni o‘yladim.ammo, e’tiborimni tortgan bir jihat tufayli buning iloji yo‘qligiga darrov amin bo‘ldim. U ham bo‘lsa butun mehnat faoliyati davomida Toshtemir aka badiiy ijod, ilmiy izlanishlar, jamoatchilik, rahbarlik, murabbiylik faoliyatlarini bir-biridan uzmasdan, bir vaqtning o‘zida teppa-teng olib borganligi ediki, ularning birini qoldirsangiz Toshtemir aka haqida aytmoqchi bo‘lganlarning bir tori uzilgan sozdan chiqayotgan ovozdek taassurot qoldirishi turgan gap.
Toshtemir Turdiyev tuman gazetasida dastlabki faoliyatini boshlagan. 1965 yildan qadim Baqtriya davlatining tarkibiga kirgan Chag‘oniyon (bugungi Denov) tarixi bilan qiziqib, shu sohada izlanishlar olib borgan vohaning eng birinchi olimlaridan sanaladi. Qadimshunoslik sohasidagi faoliyat bilan bir qatorda shu zaminda yashab o‘tgan aziz-avliyolar, ijodkorlar, tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish, ularning unutilib ketgan boy madaniy-ma’naviy merosini qayta tiklab ro‘yobga chiqarish haqida qayg‘urdi. Pirovardida ushbu sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, “Hoja Alouddin Attor – Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi”, “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li”, “Shajara”, “Subhidam qaldirg‘ochi” kabi kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi. Aynan domlaning uzoq yillik mehnatlari samarasi ila vohaning eng taniqli shoirasi Ra’no Uzoqovaning “Talpin yurak” hamda “Saylanma” she’riy to‘plamlari nashrga tayyorlanib, ilk bor kitobxonlarga havola etildi. Ayniqsa, “Alpomish” dostonining ming yilligini nishonlash arafasida dostonning aynan Surxondaryo variantini topish va kitob holida chiqarish uchun ko‘p izlanishlar olib borishga to‘g‘ri keldi. Xo‘shboq baxshidan yozib olingan ushbu variant mutaxassis olimlar e’tiroficha haqiqatdan ham “Alpomish” sof surxondaryocha varianti hisoblanadi.Olimning yapon qadimshunosi, professor Kyudzo Kato, mashhur arxeolog olim, akademik Edvard Rtveladze bilan ham hamkorlik qilgani tahsinga sazovor.
Shu o‘rinda Toshtemir Turdiyevning kuni kecha bosmadan chiqqan kitobi – “Denov qasidasi” haqida alohida to‘xtalishni joiz topdik. Negaki, qariyb to‘rt yuz sahifadan iborat mazkur kitobning aksariyat qismi Denov (qadim Chag‘oniyon) tarixini tadqiq etishga qaratilgan.Jumladan, kitobga kiritilgan tarix fanlari doktori Edvard Rtveladze, yapon olimi Kyudzo Kato, tarix fanlari nomzodi Baxodir Turg‘unovning Denov tarixi, uning yoshini aniqlashga doir maqollari alohida ahamiyatga ega.
“Denov shahri — Osiyodagi o‘tmishda Baqtriya-Tohariston deb atalmish hududdagi shaharlardan biri. Uning zaminida Sopolli degan davr bronza asriga to‘g‘ri keladi.Bu yerdan avvalgi ming yillikning o‘rtasiga – 3-3,5 ming yil avvalgi davrga daxldor sopol buyumlar topildi…Shu boisdan ham biz Denovning yoshi 3-3,5 ming yillik tarixga ega deb hisoblaymi”. E.Rtveladze (“Denov qasidasi”6-7 bet).
Huddi shunday ilmiy e’tirof kitobda Kyudzo Kato, Bahodir Turg‘unov tomonidan ham keltirib o‘tilganki, bu Toshtemir akani uzoq yillardan buyon o‘ylantirib, turli xil bahs-munozaralarga tortib kelayotgan “Denov necha yoshda?” degan savolga qadimshunos olimlar tomonidan ilmiy jihatdan berilgan javob edi.
Tabarruk sakson yoshni ortda qoldirish arafasida bo‘lishlariga qaramay, ustoz hali ham ijodiy, ma’naviy-siyosiy sohada serg‘ayrat faoliyat olib borayotganlari, to‘g‘risi, har qanday kishining havasini keltirishi tabiiy.
Keyingi uch yilda Toshtemir akaning ish bo‘lmasi siyosiy adabiyotlar, ko‘rgazmali vositalar bilan boyiganligi , o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi tadbirlar qatorida siyosiy mavzudagi tadbirlarga ham ko‘proq e’tibor berilayotganligini sezish qiyin emas. Buning sababi u kishiga yana bir mas’uliyatli vazifa – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining tuman tashkilotiga rahbarlik qilish ishonib topshirilgani bilan bog‘liq.
Toshtemir aka bu ishga shunchaki, qo‘shimcha bir vazifa deb qaramadi. Bil’aks, o‘z ish uslubidan kelib chiqib tumanda “Milliy tiklanish” partiyasi mavqeini ko‘tarish, ishlarni partiya Nizom va Dasturlari talabi darajasiga olib chiqishning barcha choralarini izladi. Ishni aynan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini o‘rganishdan boshlagan ijroqo‘m raisi partiya faollari bilan o‘tkazilgan dastlabki plenumdayoq vazifani ko‘ndalang qo‘ydi: “Boshlang‘ich partiya tashkilotlari ishini Nizom talablaridek yo‘lga qo‘ymay turib tuman Kengashi faoliyatini ko‘ngildagidek ko‘tarib bo‘lmaydi. Demak, hamma safarbarlik BPTlarga qaratiladi.”
Belgilangan aniq reja asosida qisqa muddatda BPTlar birma-bir qayta o‘rganilib, ular faoliyati shunchaki qog‘ozda emas, amalda yo‘lga qo‘yilishi choralari ko‘rildi. Joylarda eng faol, obro‘-e’tiborli partiya a’zolari BPT yetakchilari etib saylandi. Tuman partiya Kengashining deputatlik guruhi a’zolari ham bu ishlarga keng jalb qilindi. Vaqtida tadbirlar, reja asosida yig‘ilishlar o‘tkazish, a’zolik badallari yig‘imi qat’iy nazoratga olindi. Va, natija shu bo‘ldiki, juda qisqa muddatlarda O‘ZMTDP Denov tuman Kengashi faoliyati barcha sohalar bo‘yicha tumanlar partiya tashkilotlari uchun o‘rnak bo‘larli darajaga chiqib bordi.
Toshtemir Turdiyev faoliyati, uning umr yo‘li haqli ravishda barchamiz uchun, ayniqsa, bugungi yoshlar uchun ibrat bo‘lgudek hayot maktabidir. Bir ijodkor do‘stimiz ta’kidlaganidek, yuzlab shogirdlar bahramand bo‘lgan bu maktab hali uzoq yillar bilimga, ijodga tashna yoshlar uchun ibrat bo‘lg‘usi.
Davron Oripov,
Jurnalist.

Denov

Surxondaryo viloyatdagi shahar, Denov tumani markazi. Kattaligi jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Shahar maqomini 1958-yilda olgan.

Qadimda hozirgi Denov hududi Chag’oniyon davlati tarkibiga joylashgan. Keyinchalik Denov qishlog’i Buxoro amirligining Denov bekligi markaziga aylangan. Yozma manbalarda XIV asr oxirlaridan «Dehinav» shaklida uchraydi. 1929-yilda bu yerdan temir yo’l o’tkazilgan. Shaharda XV asrga oid Said otaliq madrasasi va bir vaqtda 5000 kishi sig’a oladigan ulkan masjid bor.

Toponim etimologiyasi, tojikcha «dehnav» — «yangi qishloq» so’zlariga borib taqaladi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yangi arxiv binosining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, Surxondaryo viloyati hokimligi, Denov tumani hokimligi, Surxondaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, arxivlar xodimlari, viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun:Surxondaryo viloyati Denov tumani davlat arxivining yangi ma’muriy binosi davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida qurilgan bo‘lib, bino 3 qavatdan iborat. 1-qavatida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish xonasi, arxivchilar xonasi, bosh arxivchi va fond saqlovchi xonasi, direktor xonasi va qorovul xonalar joylashgan. Binoning 2-3-qavatlarida arxiv saqlovxonalari joylashgan, binoda hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlash va foydalanishini tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga arxiv xodimlari uchun ham yetarlicha sharoitlar yaratilgan.

Denov tumanidagi » Denov tekstil» paxta-to’qimachilik klaster egallagan 6 gektarlik hudud bir yil avval tashlandiq xolatda edi. Bu yirda qiymati 20 millon dollarlik loyha amalga oshirilib, zamonaviy korxona qad rostladi. Ayni paytda korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirilib, klaster usulida ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 6 ming 300 tonna ipkalavalar tayorlashga qodir korxonada joriy yilning to’qqiz oyida 46,7 milliard sòmlik mahsulot ishlab chiqariladi. Davlatimiz rahbari avvalgi tahrifi chog’ida korxona faoliyati bilan tanishar ekan. Surxondaryoda paxtani to’liq klaster tizimining ahamiyati haqida to’xtaldi. Surxondaryo paxtani to’liq klaster usulida etishtirish, har bir tumanda zamonaviy klasterlar tashkil etish zarurligini takidlagan edi. Ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samarali bo’lgan bunday tizim joriy yildaroq real natijalar bera boshlaydi.

“Surxondaryo qasidasi” kitobi nashr etildi.

Shoir Xushboq Raxiimning “Surxondaryo qasidasi” kitobi ko‘p ming nusxada nashr etildi. Shoirning “Chag‘aniyon yohud betakror dunyo”, “Surxandaryo”, “Bobotog‘ning xumori”, “Sho‘rcha”, “Qoromomo hikmatlari” kabi kitoblari bilan o‘quvchilarga tanish.

Xushboq Rahim tarixiy hayratnomalarni tafakkur ko‘zgusida bexato qayd qila oladigan, aniq xulosalar chiqara oladigan bilimdon shoirlardan. Uning she’riy satrlaridan aksariyati xushxo‘r qatlamaga o‘xshaydi. Ular ijtimoiy mazmunini bequsur anglash uchun satrlarga qayta-qayta ko‘z tashlashi lozim. Aksincha o‘quvchi ulardagi yashirin hikmat va haqiqatlardan bebahra qolishi aniq. Misol uchun shoirning “To‘qqizim uchimga yetmasdan qoldi” satrini ko‘raylik. Bunda shoir bir zamonlar dehqonlarning to‘qqiz oy ish vaqtida jamg‘argan boylik zahirasi ularning uch oylik bo‘sh vaqtini, to‘kin-sochin, to‘y-tomoshada o‘tkazish uchun yarardi, bugun ortib qolyapti, kuni kecha yetmas edi, deydi. Buning sababini qurg‘oqchilik, suvsizlik, ijtimoiy tuzum va mavjud siyosatning nobopligidan qidiradi. Bizningcha ham shunday.

Shoir Xushboq Rahimning she’rlaridan tuproq bilan hayotning hidi, bugungi kunning bo‘yi anqib turadi. Asarda yoshlarni Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, ekologik qadriyatlarga e’tiqod, ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalashda asqotadigan hukm, da’vat, tashabbuslar ko‘plab topiladi. Sohibqiron Amir Temur bobomizning Qorako‘ldagi qutlug‘ qadami va ezgu ishlariga bag‘ishlangan she’riy qismini yakunlar ekan, shoir yozadi:

Samarqand, Temur, bog‘, de Klavixo
Har odam, har yurtga ravnaq tilasa.
Bani bashar uchun faqat yaxshilik,
Tinchlik ham do‘stlikdan ezgu xulosa:
Adolat, men undan mantiqlar topdim,
Qalamni qo‘ltiqlab Qorako‘l chopdim.

Shoir Hushboq Rahim Qorako‘ldagi polvonlar soni haqida gap ketganda quyidagicha mubolag‘ani ma’qul hisoblaydi:

Kim dedi: “Qorako‘l polvoni qancha,
Har ikki kuragin ko‘rmagan tuproq!”
Kim dedi: “Bizdami? Bizlarda ular
Somonyo‘lidagi yulduzdan ko‘proq!”
Tabiat, Biri bor, Qorako‘l, hojat
Chibirdon otadan istalgan najot.

Asalari misoli didi o‘tkir, murchaday mehnatkash buxorolik, jumladan, qorako‘lliklarda omonatga xiyonat degan gaplar yo‘q. Ularning o‘zi ham, ko‘zi ham to‘q, nazarlari baland. Qo‘shni yoki biron kishidan biron yaxshilik o‘tdimi? Bo‘ldi. Uni qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham qaytarmasdan ko‘ngillari joyiga tushmaydi. Qorako‘l ahlining niyati bilan ishi, dili bilan tili, va’dasi bilan vafosi, sevgisi bilan sadoqati miltiqning o‘qiday o‘ktam va qaytmas. Shoir yozadi:

Suvsizlik, noiloj, jo‘jabirday jon,
Jonlarga jon ato jonning halagi.
Kunjut poyasidan hosili ko‘proq,
Yantoq ildizdagi torvuz palagi.
Metin, asrorini aytmas Qorako‘l,
Aytgach, so‘zdan ortga qaytmas Qorako‘l!

Tarixiy dalil, falsafiy mushoxada va tabiiy-ilmiy ma’lumotlarga boy ushbu kitobdan kitobxon o‘zi uchun qimmatli hikmat va mantiqiy xulosalar topishiga ishonchimiz komil.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
“Do‘stlik” ordeni sohibi,
I-darajali “Mehnat faxriysi” nishoni sovrindori,
Denov tuman ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi rahbari.


EL-YURT TAKDIRIGA DAXLDORLIK MASULIYATI
Inson farzandi har nafasda erkinlikka, hurriyatga intiladi. Ammo bu ne’mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Biz bilamiz — xalqimiz judayam uzoq davom etgan mustabidlik zamonini boshidan kechirdi. O‘ta puxtalik va reja bilan milliy qadriyatlardan judo qilinayozdik. Sho‘ro saltanati esa, imlomizni o‘zgartirdi. Bu shu darajada katta yo‘qotish- talofat ediki, keyingi avlod, natijada o‘z o‘tmishiga loqayd darajaga yetdi.
Jami bir yarim asr, ayniqsa, keyingi mustabidlik davrining jarohatlari, asoratlari aytgan bilan ado bo‘lmaydi. Ammo istiqlol cho‘qqilaridan turib o‘sha zamonni, uning jarohatlarining asoratlarini eslamaslik mumkin emas.
Chunki ana shunday qilganimizda, ya’ni kecha bilan bugunni taqqoslaganimizda, mustaqillik ne’matlarining qadriga yetamiz.
Istiqlolimizning o‘tgan davrida millatimiz juda qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Sobiq ittifoqning nochorlikdan parchalanishi tufayli, mamlakatimizda atayin markazlashtirilgan ta’minoti to‘xtab qoldi.
Birgina misol: O‘zbekistonning tuprog‘i oltinga teng bo‘lgani bilan, mamlakatimizda deyarli g‘alla yetishtirilmas, paxtadan mo‘l hosil olish uchun ham yoqilg‘i-moylash materiallari markazdan olinishi kerak edi. Ana shu markazlashgan tizim izdan chiqqandan so‘ng, O‘zbekistonda xo‘jalik yuritish qanday ahvolga tushib qolganini ko‘z oldimizga keltiravering.
Ana shu og‘irliklarning barchasi respublikamiz hukumati yelkasiga tushdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xalqimizda bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak, degan maqol bor. Iste’molchilar ehtiyojini qondirish juda-juda qiyin masala edi. O‘zingiz bilasizki, bunday taqchillik sharoitida jinoiy unsurlar faollashib qoladilar…
… Mamlakatimizda olib borilgan adolatli, izchil va barqaror siyosat mustaqil mamlakatimiz tepasida aylangan o‘sha qora bulutlarni tarqatib yubordi.
Yaxshi eslayman, o‘sha yillari aytish mumkinki, hozir ham o‘zlarini millatparvar, deb e’lon qilgan “demokratlar”: “O‘zbekiston xalqi hammadan ko‘p non iste’mol qiladilar!” deb dod solgan edilar, qarang-a! Axir nondan ham aziz ne’mat bo‘larkanmi?
O‘sha tahlikali zamonda va undan keyin ham mamlakatimizda xalqimiz tinchligi, xotirjamligi ta’minlandi. Ana shu haqiqat barcha yutuqlarimizning bosh omili, mustahkam poydevori bo‘ldi.
Hozir ham “undog‘-bundog‘!” degan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Ba’zan shu singari “millatparvar”larning tilini qarg‘alar cho‘qisin degim keladi. Nega? Ma’lumki, Surxondaryo — mamlakatimizning janubiy, demakki, nisbatan olganda, poytaxtdan uzoq viloyatlardan biri.
Ammo bizning vohada ham O‘zbekistonimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, ko‘chaga sig‘may ketdi. Bu iqtisodiy-ijtimoiy barometrdir! Xalqimizning iqtisodiy ahvolini shundan ham bilsa bo‘ladi.
Tarixiy nuqtai nazardan olganda juda qisqa muddatda mamlakatni, uning aholisini ana shunday farovonlikka erishtirgan davlatimiz rahbari bilan faxrlanmaslik mumkinmi?!
Prezidentimizning chuqur o‘ylangan, xalq manfaatlari hisobga olingan barcha amaliy, tinimsiz ishlari hamda O‘zbekistonning dunyodagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlari har qancha tahsinga sazovor.
2017— 2020 yillar O‘zbekiston uchun turli voqealarga boy, barcha sohada jadal rivojlanish davri bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalarda, xalqaro munosabatlardagi ulkan ijobiy o‘zgarishlardan mamlakatimiz xalqi singari xorijliklar ham hayratga tushmoqda.
Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan siyosat sharofati bilan O‘zbekistonning yangi qiyofasi, millat qiyofasi salobatlashib, ulug‘vorlashib, ko‘rkamlashib borayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashriflari doirasida hozirgi vaqtda vohamiz iqtisodiyotida ko‘zni quvontiradigan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, so‘nggi yillarda mamlakatimiz mislsiz o‘zgarishlar sari yuz burdi. Mamlakatimizdagi yangilanishlar, hech mubolag‘asiz, har birimizni to‘lqinlantirmoqda.
Shuning uchun ham men aytaman: Vatanimizning otashqalb farzandi — Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston uchun,

Vatan uchun qahramonona ishlar qilmoqda. Prezidentimiz ana shu ulug‘, muborak unvonlarga munosibdir. Bunday aziz tuyg‘u mudom barqaror bo‘lg‘usidir!

Toshtemir TURDIYeV,

 

9-iyun XALQARO ARXIVLAR KUNI

O‘zbekistonda arxivi tizimining tashkil topishi tarixidan.

1919 yil 5 noyabrda Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining № 62 sonli “Arxiv ishini qayta tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi arxiv hujjatlarini maxsus muassasa tomonidan tartibda jamlash va saqlash uchun zamin yaratdi. Mamlakatda arxiv ishini tashkil etishda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi: sobiq davlat idoralari arxivlarini idoraviy arxiv sifatida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ilmiy, tarixiy, madaniy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat mulki deb e’lon qilindi.
Denov tuman Davlat arxivi 1934 yilda tashkil topgan. 1973 yilga kadar bulgan davrida Denov rayon Said otalik madrasasining binosida uz faoliyatini olib borgan. Denov rayonlararo davlat arxivi 1974 yildan boshlab Denov rayon Galaba kolxozi mexmonxonasi sifatida kurilgan binoga kuchiriladi. Mazkur Arxivda sovet va Mustakillik davriga oid tuman boshkaruv idoralari xujjatlari saklanadi. 2010 yilgacha Denov tumanlararo davlat arxivi deb yuritilib kelgan.
Arxiv xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ishlarida doim omad xamrox bulsin.

2023 yil 6 iyun kuni Denov tuman Axborot kutubxona markazida Tumaniiz ijodkori Xurram Rayimovninig «Meni shoir qilgan muhabbat» nomli she’riy to’plami kitobxonlarga AKM hodimlari targ’ib qilib, o’qishni tavsiya qilishdi.

Borliqning benazir jilosidan rang yig’ib, ko’ngil torini kuyga solgan shoirning dilnomasida, Vatanga bo’lgan iftixor, Onaga bo’lgan sadoqat, yorga bo’lgan cheksiz muhabbat o’z aksini topgan.

Xurram Rayimovning «Meni shoir qilgan muhabbat» nomli she’riy to’plamidan joy olgan satirlarida uning yillar davomida she’riyat ummonida sho’ng’ib, tergan dur-u javohir so’zlari tizilgan.

 

YAXSHI KITOB – NAQ BAYRAMNING O‘ZI

Aqlli odamlarga vaqt hamisha havas bilan qaraydi, quyosh unga haroratini, taftini berishga, gullar esa uning boshi uzra xushbo‘y iforlarini sochishga shoshiladi. Balki bu mubolag‘a dersiz, yo‘q, bu ayni haqiqat: hayot mamlakatini atigi bir marta kezib o‘tar ekanmiz, safarimiz davomida “yaratilganimning boisini tushundimmi?” degan savol otining jilovini tutib o‘zidan nimanidir qoldirgan va insoniyatga nimanidir bergan odamga nafaqat vaqt, quyosh yoki gul mehr beradi, balki uni koinot ham ardoqlaydi, nomini sharaflab, avlodlar e’zoziga sazovor etadi. Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyev hech bir istisnosiz, nafaqat Surxondaryoda, balki mamlakatimizda ana shunday mehrga loyiq olim, sevimli ustoz, hurmat-e’tiborga sazovor insonlardan biridir. Birgina “Alpomish” dostoni ustida olib borgan tadqiqotlari uchun unga har qancha ta’zim qilsak arziydi, desam to‘g‘ri qabul qiling.

Millat sharafi, Vatan ravnaqi uchun tushuna turib, anglay turib jiddiy va salmoqli ishlarni amalga oshirgan bunday fidoyi oqsoqollarni oqsoch tarix ham sharaflagan, nomlarini abadiyat cho‘qqilarining oltin devorlariga muhrlagan. O‘zimiz ham ularning asarlarini, kitoblarini va inson ma’naviyati, komilligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarini ko‘rib, qalbimiz cheksiz faxr va iftixorlarga to‘lganini his etamiz. Ayniqsa ziyolilar orasida “Falonchaning kitobi chiqibdi, O‘qidingizmi?” degan haroratli so‘rovdan so‘ng ularga bo‘lgan qiziqishimiz yanada ortadi.

Uzoqqa bormaylik, Toshtemir Turdiyevning qo‘lingizdagi yangi kitobi- “Quyosh ardog‘idagi yurt”ning ana shunday qiziqish bilan qarshi olinishiga ishonaman. Sakson yoshning cho‘qqisida… alohida urg‘u bergim keladi, tinib-tinchimagan oqsoqolning biz yoshlarga namuna bo‘layotgani kishini quvonch otlariga mindirib, dadilroq qamchi bosishga undaydi: darvoqe, bu inson “igna bilan quduq qazib, tunlarning sochini oqartirib ko‘z nurlarini, kuchini sarf etib”, o‘zining ilmiy tadqiqotlariyu, yuksak mahorat bilan yozilgan

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Denov tumanida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida viloyat festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tuman markazidagi “Afrosiyob”, “Eko” madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek, Sh.Rashidov ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilgan festival doirasida turli ko‘rgazmalar, quvnoq tanlovlar, teatrlashtirilgan konsert-tomoshalar va boshqa bir qator ko‘ngilochar tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.

 

Asrlar davomida ma’rifat maskani sifatida xizmat qilib kelgan Said Otaliq madrasasi XVI asrda Xo‘ja Alouddin Attorga atab bunyod etilgan.

Ul zot xalq orasida Shayx Attori Valiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Alouddin Attor Bahouddin Naqshbandiyning kuyovi bo‘lib, tariqat ta’limotini keng yoyish uchun Denovga ko‘chib kelgan.

Madrasa u zotning o‘g‘illari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Manbalarda aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, “Silsilai sharif”da o‘n yettinchi halqadagi murshid, alloma bo‘lgan. Asl ismlari Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy bo‘lib,  “Attor”  deyilishlariga sabab ul zoti sharifdan hamisha xushbo‘y hid taralib turgan.

Hazrat Bahouddin vafot etgach, Hazrat Alouddin Attor o‘z zamondoshlariga ta’lim bergan. Ul zot ilmi, odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ustozining duosiga sazovor bo‘lgan.

1400 yil (bundan 623 yil oldin) – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshbandning birinchi xalifasi (shogirdi) Xoja Alouddin Attor Dehnav yaqinida vafot etdi. Manbalarda qayd etilishicha, Alouddin Attor ota merosidan voz kechib, Buxoro madrasalarining birida o‘qigan. U ko‘p o‘tmay Xoja Bahouddin nazariga tushgan. Alouddin Attor Buxoroda yashab, o‘z hovli-joyiga ega bo‘lgan va farzandlar ko‘rgan.

Bahouddin Naqshband Alouddin Attorni botin ilmiga mashg‘ul qiladi. Bundan Alouddin Attor nafaqat dunyoviy ilmlarda, balki tariqatda ham kamol topadi. U ellikdan ortiq asar yozib, ularda fanning deyarli barcha sohalarini aks ettirgan. Alouddin Attor Bahouddin Naqshband vafotidan so‘ng Chag‘oniyonning Dehnav (Surxondaryoning hozirgi Denovi)ga borib yashagan. Xoja Alouddin Attorning ko‘pgina shogird va muridlari bo‘lgan.

Tasavvuf ilmini keng yoyish uchun oilasi bilan Denovdagi bir xonaqohda muridlariga ta’lim-tarbiya bergan. Hazrat milodiy 1400 yilda vafot etgan. O‘ziga xos loyiha asosida bunyod etilgan madrasa ilm-ma’rifat maskani sifatida dong taratgan.

Denov tumanida «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida o‘tkazilayotgan Navro‘z umumxalq bayrami sayillaridan fotolavhalar.

Bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 dekabrdagi tegishli chora-tadbirlar rejasida viloyatda milliy qadriyatlar keng tarannum etiladigan “Etnik sayillar”ni o‘tkazish belgilangan. Shunga asosan Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy va Sho‘rchi tumanlari milliy uslubda bezatilgan pavilonlarni barpo etdi. Hududlarga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi, taomlarni tayyorlash bilan bog‘liq udum, an’ana va uslublarni keng namoyish qilishdi.

Sayilda viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev hamda Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov ishtirok etdi.

Denov tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari tomonidan 1000 turdagi sarxil taomlar tayyorlandi. Bunda milliy taomlar, osh, sho‘rva, tandirgo‘sht, ko‘k somsa, qozon va qatlama patirlar, chuchvara, xonim, manti, shilpildoq, shulla, sumalak, xalim, xolvaytar kabi taomlar tayyorlandi.

Milliy taomlar saylida homiylar tomonidan 1 tonna osh pishirilib, 4 mingdan ortiq ishtirokchilarga tarqatildi.

Sayil yakunida “Eng yaxshi taom” va “Eng yaxshi oshpaz” nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblar saralandi. Unda “Eng yaxshi taom” nominasiyasida “Ko‘kabuloq” mahallasidan Shuhrat Badalov, “Eng yaxshi oshpaz” nominasiyasida “Sina 1” mahallasidan Olimbek Jabborov, shuningdek, eng ko‘p milliy taom tayyorlagan “Dashtichinor” mahallasidan Abduxalim Saidov sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lib diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sayilda folklor etnografik jamoalar, milliy cholg‘u guruhlari va yosh san’atkorlarning chiqishlari, an’anaviy xalq o‘yinlari bo‘yicha turli chiqishlar tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Denovlik sporchi Aziza Tursunova
Shaxmat bo‘yicha ”Tashkent Open-2022” xalqaro turnirida 3-o‘rinni egallab, 20 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Denov tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining binosi qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirildi

Kuni-kecha Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining binosi zamonaviy tipda qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Denov tumani hokimi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, tuman mas’ullari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

Yangilangan binoda bo‘lim xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar, jumladan, sport zal, yotoqxona, oshxona, sinf xona, yuvinish xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda sport maydonchalari mujassamdir.

Tadbirda so‘z olganlar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangilangan bino qutqaruvchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini oshirish va aholiga tezkor xizmat ko‘rsatishlariga zamin yaratishini ta’kidladilar.

 

Denov tumanida yangi masjid qad ko‘tarmoqda.

DENOV TUMANIDA «ANOR-2022» KO‘‌RIK-TANLOVI BO‘‌LIB O‘‌TDI

Mamlakatimizda tadbirkor ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes g‘oyalarini samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida, har yili an’anaviy tarzda «ANOR — 2022» ko‘rik-tanlovi o‘tkazilinib kelinmoqda.

Denov tumanida o‘tkazilgan shunday tadbirda, ishlab chiqarish yo‘nalishida “Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi” nominasiyasi bo‘yicha 12 nafar tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Tanlovda “Eng yaxshi fermer” nominasiya yo‘nalishi bo‘yicha “Bobokolon” fermer xo‘jaligi rahbari Ziyoda Xo‘jayeva g‘olib deb topildi.

“Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi” nominasiya yo‘nalishi bo‘yicha “Denov-Saodat-Textil” xususiy korxonasi rahbari Zarina Toshpulatova g‘olib deb topildi.

“Eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi” nominasiyasi bo‘yicha esa, “Ravshan-Ota 21-ASR” kichik korxonasi tasischisi va “O‘zbegim Milliy Ko‘rpalari” hunarmandchilikda ishlab chiqarish syexi rahbari Zulfiya Raxmatullayeva g‘olib deb topildi.

Tanlov g‘oliblari tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Buyuk qomusiy olim, alloma “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezidentimiz qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda allomaning bizga qoldirgan boy merosi haqida ma’lumotlar berildi.

Denov tumanida 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan yangi bino foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Denov tumani hokimi A.Allamuradov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov hamda davlat va jamaot tashkilotlari vakillari, faxriylar, ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor Yangi O‘zbekistonni har taraflama rivojlantirib, tinch, osoyishta hayotimizni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. So‘ng ishtirokchilarni 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va bayramga sovg‘a qilingan zamonaviy bino bilan tabrikladi.
Tadbirda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali taqdirlandi.

 

Denov xaqida siz bilmagan malumotlar!
Denov Yozma manbalarda XIV Asr oxirlarida «Dehinav» shaklida , yani «Yangi qishloq» mazmunida tilga olingan.
Denov 17 — 18 asrlarda Buxoro Xonligi tarkibidagi Alohida beklik bo‘lib savdo — sotiq markazlaridan biri bo‘lgan.
1907 yil Denovda amirning soliq siyosatiga qarshi yirik xalq harakati bo‘lib o‘tgan.
1992 — yilda Denov televideniyasi ish boshlagan.

SURXONDARYONING BIRINCHI SHOIRA QIZI

 

YURT KUYCHISI
Otaxon shoirlarimizdan biri shunday degan ekan: “Huv bo‘tam. …Ajoyib yurting bor, Alpomishlar vatani, Mening unda tug‘ulgum, hayotni qaytadan boshlagum keladi. Bu yurt shundoq dorulomon yurtki, zilol chashmalarga, qushlar sayrog‘iga to‘la, tog‘lar – daralarga ega. Har bir toshini ko‘tarsang, sir-asrorlar o‘qiysan unda, bu yurt shunday ziroatliki, bog‘-rog‘larda oshib-toshib kuylaging keladi: bu yurtning qo‘y-podalariga to‘la yaylovlari shu qadar kengki, bahri dilingni ochadi. Uning nafasini his etib, mustaqil Vatan adabiyotiga olib kir”, degan ekan.

Ushbu satrlar muallifi bilan ana shu yurtdan bahs etmoqchi bo‘ldim. Bugungi farahli kunlarimizni bitayotib, kechagi tashvishli damlarimiz yodimga tushdi, o‘tmishni ham esladim. Tengqurlarimni qalamga olgim keldi…

Poytaxtda yashab, ajoyib asarlar yaratgan Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod, Usmon Azim, Erkin A’zam, Nodir Normatov, Eshqobil Shukur, To‘lqin Hayit kabi iste’dod egalari bor. Ular suv ichgan chashma olis-olislarga borib taqaladi. Ana shu chashma hamon sharqirab oqib turibdi.

  • * *
    Tushki ovqat mahali. Paxtazorlar qo‘ynida qayiq misol chayqalayotgan shiyponda she’r yangrayapti. Xazarbog‘liklar yurtdoshi shoir Ochil Aslon she’r o‘qimoqda. Har she’r tugashi bilan qarsaklar yangraydi. “Aytishuv”, Yor va vafo, go‘zallik va mehr, sog‘inch iztiroblari … hamma-hammasi yig‘ilganlar bilan hamdard bo‘lmoqda.

Turnalar qaytdilar arg‘amchi bo‘lib,
Qaldirg‘ochlar qanoti qaychi bo‘lib,
Qolaberdingmi, yor, aldamchi bo‘lib,
Sog‘inganim bilmading, sen kelmading.

She’r she’rga ulani, qo‘shiq g‘azalga…
Eslayman… Ochil Aslonov adabiyotimiz zarvaraqlariga 70-yillarda kirib keldi. Uning ilk she’rlari tuman, viloyat gazetalariga chop etildi. Shoir poyonsiz Surxon vohasini yayov kezdi, tog‘lar oraladi. Shisha buloqlar bo‘yida moviy bo‘shliqlarga ko‘z qadab, jimlik bilan “suhbatlashdi”, asov sharsharalarni kuzatdi. Shular ta’sirida sharsharaday mavjli, buloqday tiniq, beozor, bola nafasiday ma’sum she’rlar yaraldi. “Xo‘sh endi”, “Hayda, otamning oti”, “Yangi yilga” kabi qator-qator she’rlari respublikamizning gazetalarida chop etildi.

Ochil Aslonov oliy o‘quv yurtlarida o‘qiy olmadi. Tirikchilik qilish, ukalarini o‘qitish, ro‘zg‘orni tebratish bilan band bo‘ldi. U ota kasbi – dehqonchilik, mehanizatorlikni o‘rganishga, ro‘zg‘onni tebratishga majbur bo‘ldi.

Ammo Ochil Aslon xuddi shunday sharoitda she’r mashq qilishdan, o‘qib-o‘rganishdan bir daqiqa bo‘lsa-da to‘xtamadi. Chunki uning yuragida she’r dardi yonardi, ehtiroslar qaynardi. Shuni aytish kerakki, shoir Ochil Aslonning asarlari gazeta va jurnallarda, to‘plamlarda bot-bot chop etilsa-da, hali alohida nashr etilmagan edi.1995 yilda shoirning birinchi to‘plami – “Ehtirom” nashrdan chiqdi. “Dil sadolari” shoirning ikkinchi to‘plamidir. U o‘z ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga munosib hissa qo‘shib, bu yo‘lda tinmay zahmat chekayotgan yurt kuychisidir…
Shoir she’r o‘qiyotgan shiyopondan qaytyapman, unga havasim keladi….

Toshtemir Turdiyev,Turon FA akademigi,Denov tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari

#Tarixiy

3-9 oktyabr kunlari mamlakatimizda «Keksalar xaftaligi».Denov 1992-2018 yillar.Denov tuman faollari mexnat va urush faxriylari bilan.

Ushbu foto xujjatlar Denov tuman davlat arxivi saklovida saklanmokda.

#Xotira

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida uzoq yillar viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan, marhuma Mavluda Qobilova xotirasiga bag‘ishlangan “Yuragiga Surxondaryo sig‘gan ayol” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Denov tumani hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etdi. Tuman hokimi tomonidan sport bo‘yicha shaxmat-shashka hamda stol tennisi musobaqalari g‘oliblariga “Faxriy yorliq” va sovg‘alar taqdim etildi.

 

2022 yil 20 may kuni Denovdagi madaniyat markazida Turon fanlar akademiyasi akademigi, Turon Xalq shoiri, Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi raisi Abdulla Vaxshning tug‘ilib ӯsgan ona yurtida 60 yoshlik yubileyi munosabati bilan ijodiy uchrashuv bӯlib ӯtdi. Tadbirda yurtimizning mashhur yozuvchi, shoiri Nurali Qobil, Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan mashhur yozuvchi Abduqahhar Qosim va poytaxtdan tashrif buyurgan bir qancha mashhur shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda xushovoz sohibi, ajoyib lirik qӯshiqchi Abdusalom Mӯminov ӯz konsert dasturi bilan tadbir ishtirokchilarini xushnid etdi. Tadbir sӯngida Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Qurbonpӯlat Nazarovga Turonda xizmat kӯrsatgan adib unvoni topshirildi. Uyushmaga yangi qabul qilingan shoir Umariyga a’zolik guvohnomasi va Turon Fanlar akalemiyasining diplomi topshirildi. Quyida tadbirdan foto lavhalar:

#Yangilanayotgan_Denov

Denov tumanida Mudofaa ishlari bo’limi uchun barcha qulayliklarga ega yangi bino foydalanishga topshirildi.

 

 

 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi har bir jabhada ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xususan, joylarda jadal olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar nafaqat turmush tarzimizni o‘zgartirayapti, balki, axoli farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Denov tumanida ham bu borada manzilli ishlar amalga oshirilayapti. Prezidentimizning “2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida ko‘p qavatli ko‘rkam turarjoy binolari, aholiga tezkor va namunali xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlar hamda ijtimoiy-ma’muriy binolar bunyod etilmoqda.