Blog

Tug‘ilgan kun

Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich)
1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir.
«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2019 yil 16 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
Bugun 4-sentyabr Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tug’ilgan kun.
Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4.09 da Xorazmda tavallud topdi.
Zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgangan qomusiy olim. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrgangan.
O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
MANGU YASHAYSIZ

Istiqlol quyoshi charog‘on,
Esmoqda bir mayin sabolar,
Nomlamlari tirikdir har qachon,
O‘lmaydi hech qachon daholar.
Halqimning ey buyuk dahosi,
Doston -u,tillarda yashaysiz,
Halqimning ulug‘vor qoyasi,
Siz mangu dillarda yashaysiz.
Quyoshsiz, charog‘on yuuduzsiz,
Nur sochib yashaysiz siz abad,
Yuksaldi,jahonga tutdi yuz,
Siz qurgan ulug‘vor saltanat.
Shod bo‘lsin ruhingiz jannatda,
Shu tilak tilagay barcha qalb,
O‘zbek deb atalgan millatga,
Istiqlol bitildi siz sabab.
Istiqlol safosi gullarda,
Esmoqda hur vatan sabosi,
Siz mangu yashaysiz dillarda,
O‘zbekning ey buyuk dahosi.
Xurshid Karim
Bugun — 5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun
🔹Oʻtkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentda,
Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan.
🔹Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil).
🔹Adibning dastlab “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplami, “Choʻl havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Ijodkor “Xazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati”, “Toʻylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatagʻon” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi.
🔹2013-yil 24-may juma kuni ogʻir xastalik tufayli oilasi davrasida, Toshkentda vafot etgan.
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Davlatimiz rahbari 66 yoshni qarshilamoqda.
Prezident va yillar haqida
1957 yilning 24 iyulida Zominda sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori bo‘lgan marhum Miromon Mirziyoyev va rafiqasi ikki qizdan so‘ng nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lishadi. O‘zSSRda tug‘ilgan ushbu chaqaloq kun kelib mustaqil mamlakat rahbari bo‘lishini kim ham o‘ylagan deysiz.
Tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘z davlatimiz prezidenti haqida ochiq manbalardan olingan ba’zi ma’lumotlarni bo‘lishaman.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini tamomlab, 1981 yildan boshlab ayni shu yerda kichik ilmiy xodim, dosent va prorektor sifatida ko‘tarila boshladi.
Mustaqillik yillarida deputatlikka o‘tib, 1992 yilda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, Jizzax viloyati hokimi darajasiga ko‘tarilgan. 2001 va 2003 yillar davomida Samarqand hokimi bo‘lgan.
Va uning kayerasidagi keskin burilish 2003 yil sodir bo‘lib, O‘tkir Sultonov o‘rniga bosh vazir etib tasdiqlandi hamda 13 yil davomida, ushbu lavozimga 3 marta qayta tasdiqlanib, ijro hukumatiga rahbarlik qildi.
2016 yil, Islom Karimov vafot etgach, qonunchilikka ko‘ra vaqtincha boshqaruvchi rahbar Nig‘matulla Yo‘ldoshev, o‘zini yetarli tajribaga ega emasligini aytib, boshqaruvni Shavkat Mirziyovga bergan. Shu yilning 4 dekabr kunida saylov orqali salkam 90 foiz ovoz bilan rasman O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan.
Prezident ham alohida shaxs ekanligidan kelib chiqib, uning shaxsiy va oilaviy hayoti daxlsizligini xurmat qilgan holda, bunga ortiqcha to‘xtalmaymiz. Qibray va Zomindagi hayotdan tashqari, texnika fanlari nomzodining poytaxtdagi hayot yo‘li ham ancha qiziqarli. 2021 yil saylovchilar bilan uchrashuvda Mirziyoyev bu darajagacha kelish oson bo‘lmaganini ta’kidlab, bir shingil motivasiya ham bergan edi.
Prezidentlik davrida hozircha eng ko‘p Qozog‘istonga (8 marta) tashrif buyurdi. 3 ta farzandning otasi. Yaqinda uchinchi muddat – 7 yilga rahbarlikka saylandi.
Faylasuf, muttafakkir va shoir Umar Xayyom tavallud topgan kun
Umar Xayyom taxallusi; asl ism sharifi Giesiddin Аbdulfatx Umar ibn Ibroxim Xaem Nishonpuriy) (1048.18.05.-Nishonpur-1134.4.13).-matematik, astronomik, faylasuf, xakim va mutafakkir shoir, Nishopurda boshlangʼich maʼlumotni olgach, Balx, Buxora va Samarkandda taxsil qurgan. Malikshox va Nizomulmulk (1019-1992) daʼvati bilan 1074 yilda Isfoxonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan.Bu taqvim Yevropada undan 500 yil Keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʼlgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʼzini shayx ur-rais Аbu Аli ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblangan. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʼoya va qarashlarini davom ettirgan va targʼib qilgan.

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (10.04.1894.-Toshkent-04.10.1938.) XX asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. batafsil

Нет описания фото.
Амир Темур тавваллудининг 687 йиллигига “Темур тузуклари”да давлат хизматини ташкил этиш ва кадрлар масаласи
Амир Темур даврида бошқарув икки идора: даргоҳ ва девонларга (вазирликларга) бўлинган. Даргоҳ – энг олий давлат идораси ҳисобланиб, унинг бошлиғи олий ҳукмдор, яъни Амир Темурнинг ўзи бўлган. Даргоҳ фаолиятини бошқариш, унинг вазирликлар, маҳаллий ҳокимият идораларини салтанат фаолияти билан боғлаб туриш ишларини олий девон – “Девони бузрук” олиб борган. batafsil

Zulfiya (1915-1996)
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi.
batafsil
2023 yil 15-fevral istedodli shoira Saida Zunnunova tavallud topgan kun.
Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan.
Adabiyotga muhabbat yosh shoirani O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetaklaydi. U o‘qishni tamomlab, “Gulxan” jurnali, “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi.
Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat zavqini tarannum etuvchi “Qizingiz yozdi” (1948), “Yangi she’rlar” (1950), “Gullar vodiysi” (1954), “Qizlarjon”, “Bir yil o‘ylari” (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi.
Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning “Gulbahor” hikoyalar to‘plamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, “Gulxan” (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov” (1962), “Bo‘ylaringdan o‘rgilay” (1972), “Direktor” kabi asarlarning qahramonlari ham munis ayollardir.
So‘zga xasislik, badiiy siqiqlik, tabiiylik, sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnunova hikoyalariga xos xususiyatlardir. Ona Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, halol mehnat, baxt va muhabbat tuyg‘ularini kuylagan shoiraning lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan.
Taniqli yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi bo‘lmish Saida Zunnunova 1977 yili og‘ir xastalikdan keyin 51 yoshida vafot etgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 7 dalil
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan;
1494 yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan;
1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan;
1526 yil aprelida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland kelgan;
Bobur 1530 yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot etadi. Uning xoki keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobuldagi “Bog‘i Bobur”ga olib kelingan;
Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asariga qadar Hindiston hech qachon bunchalik chuqur o‘rganilmagan va u hind olimlariga mamlakat tarixini o‘rganishga katta yordam bergan.
Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan «Boburiylar sulolasi»ning «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan atalishi Ovro‘po tarixchilarining xatosidir
Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan o‘ngga, xohlasa tepadan pastga qarata o‘qib ko‘rsin…

Bugun Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun
Taniqli dramaturg, publisist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 19 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan.
Behbudiy yangi maktablar uchun ko‘plab darsliklar chop ettirgan. “Samarqand” (hozirgi “Zarafshon”) gazetasini, so‘ngra “Oyna” jurnalini chiqargan.
1919 yil bahorda Shahrisabzda Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi.
2020 yil Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 145 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni”da buyuk ma’rifatparvarning haykali o‘rnatildi, jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiya ta’sis etildi. Shuningdek, Samarqand shahrida uy-muzeyi ochildi.
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 30 sentyabrdagi farmoniga ko‘ra, Behbudiy Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi30-yillarda ko’zga ko’ringan va el og’ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo’qondagi bolalar uyida o’tgan Usmon o’rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakul`tetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o’qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko’rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to’plamlari, «Norbo’ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo’ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo’lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o’z aksini topdi.

E’LONLAR

Мамлакатимизда халқимизнинг миллий қадриятларини тарғиб этиш, урф-одат, анъаналаримизга ҳурмат ва эҳтиромни янада ошириш мақсадида “Хон атлас” фестивалини ўтказиш яхши анъанага айланган. 9-14 сентябрь кунлари ўтказилиши эълон қилинган
❗️Ўзбекистонда умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади

🔍 24−25 август (шанба ва якшанба) кунлари Мустақиллик байрами арафасида умумхалқ хайрия ҳашари бўлиб ўтади.
Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 63 yoshga to‘ldi
Bugun, ya’ni 24 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomidir.
Prezidentimiz ayni damda 63 yoshni qarshi olmoqda. Tavallud ayyomlari bilan tabriklar ekanmiz, ayni sinovli kunlarda Shavkat Miromonovichga tog‘dek sabr, matonat, kuch-quvvat tilaymiz. Oilalari va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil bo‘ldi
📌 1992 yil 2 iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respubliksi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Қонунга (https://www.lex.uz/acts/17260) muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
☑️ O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.
1994 yilning 1 iyul sanasi milliy valyuta — so‘m muomalaga kiritilgan kun
Milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib o‘tgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993 yillarda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda ko‘p izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.
1993 yilning 15 noyabridan boshlab to‘lov vositasi sifatida “So‘m-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida ma’lum tajribaga ega bo‘lish uchun “So‘m-kupon” o‘tish valyutasi sifatida xizmat qildi.
Ushbu yo‘nalishda yetarli tajriba to‘plangach, 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi. Dastlabki banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan.
1995-1996 yillarda Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qog‘oz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va o‘zimizda “pul ishlab chiqarish” yo‘lga qo‘yildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”  2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda hududiy axborot kutubxona markazlarida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.
📚Shu munosabat bilan Siz, aziz kitobxonlarni 2024-yil 22-27-aprel kunlari Surxondaryo viloyat Denov TAKMda bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2024” ga barchangizni taklif etamiz. 
📝Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kitob yarmarkalari, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.
‼️E’LON
✅Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 23-oktabr kuni soat 10:00 da an’anaviy «INFOLIB O’ZBEKISTON–2023» XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning ochilish marosimi bo’lib o’tadi
🗣Barcha yurtdoshlarimizni haftalikning ochilish marosimiga taklif etamiz!

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri daryo, yuragi vatan ishqi jo‘sh urgan, aziz vatandoshim…
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 32- yillik to‘yi bilan tabriklayman.
Iloxim yurtimiz tinch , osmonimiz musaffo , dasturxonlarimiz doimo to‘kin bo‘lsin. Uyimizdan qut- baraka arimasin. Nuroniylarimiz hamisha izzatda yurishsin. Farzandlarimiz ilmli , salohiyatli bo‘lib , nafaqat yurtimiz, balki jahon sahnalarida ham yuzimizni yorug‘ qilib , jonajon vatanimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarishsin
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿
9-avgust — Butunjahon kitobsevarlar kuni
Har yili 9-avgust kuni butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu bayram dastlab AQShda kitobsevarlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Bora-bora bu an’ana ommalashib, dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar o‘rtasida tarqaldi.
Kitob o‘qishdan charchamang, mutolaada bo‘ling!
2023-yil 24–26-may kunlari Buxoro shahrida “Central Asia–2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanning yalpi majlisi, shoʻba yig‘ilishlari, seminar-treninglar hamda mahorat darslari uchun online ishtirokchilarga quyidagi zoom platformasi havolalarini taqdim etamiz.

Новости медицины
Aziz kitobxon siz ham oz kelajagingizni ozingiz belgilang. 30-aprel kuni o’tkaziladigan Referendumga befarq bo`lmang!

Milliy_kutubxonadan_sovgʻa kitoblar

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan, Denov tuman Axborot-kutubxona markaziga 42 nomda, 146 nusxada o’zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblari to’plami sovg’a qilindi.

2022-yil 31.10-04.11-oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy «INFOLIB O’ZBEKISTON–2022» XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI
bo’lib o’tadi. 
       Haftalik doirasida   II «YOSH KUTUBXONACHILAR» FORUMI tashkil etiladi. 
      Haftalik davomida bo’lib o’tadigan  tadbirlar onlayn va oflayn tarzida o’tkaziladi.
      Haftalikda O’zbekiston Respublikasining barcha аxborot-kutubxona markazlari hodimlari va kitobхonlar ishtirok etishlari mumkin.
     Barchangizni ushbu haftalikda ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Virtual ko’rgazma

Jahon adabiyotining eng taniqli vakillaridan biri Frans Kafka juda qisqa va mashaqqatli hayotni yashab o‘tgan. Qattiqqo‘l ota, o‘zi yoqtirmagan ish, og‘ir kasallik, ishqiy munosabatlardagi omadsizliklar va o‘ziga ishonchsizlik yozuvchini og‘ir iztiroblar chohiga uloqtirgandi. 1910-yilda u o‘z kundaligiga shunday deb yozadi:
Men go‘yo toshdan yaralgandayman, o‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman, ma’lum bir narsa qarshisida shubha yo ishonch, sevgi yo nafrat, jasorat yo qo‘rquv uchun hatto tirqish ham yo‘q.
Аdabiy tanqidchilar uning ijodiga juda yaxshi baho berganiga qaramay, yozuvchining o‘z asarlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brutga hali nashr qilinmagan asarlarini yoqib yuborishni vasiyat qiladi. Maks do‘stining so‘nggi o‘tinchini bajarmagan va asarlarni adib o‘limidan so‘ng e’lon qilgan.

Agar odamlarning senga munosabatlari oʻzgarsin desang, avval oʻzingning oʻzingga munosabatingni oʻzgartir. Oʻzing oʻzingni chin qalbdan sevishni oʻrganmaguningcha, seni hech kim seva olmaydi…
✍🏻Rashod Nuri Guntekin
📖«Choliqushi» kitobidan
#kitobdan_parcha
📌 Ilm – insoniyatni zulmatdan nurga olib chiqadigan kuchdir. Beruniy butun umrini ilmga bagʻishlab, dunyo sirlarini ochishga intilgan. Uning fikricha, ilm faqat shaxsiy yutuq emas, balki butun jamiyatga foyda keltiruvchi eng buyuk boylikdir. Shu bois, ilmni talab qilmoq – har bir insonning burchi va saodati.
Isajon Sultonning «Abu Rayhon Beruniy» asaridan parcha.
Bugun 27-sentyabr — O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavallud topgan kun.
Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan.
Oʻzbekiston xalq shoiri (1999).
Shoir Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan (1960-65). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat, “Yozuvchi” nashriyotlari, turli gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatdi.
Uning “Karvon yo‘li” nomli birinchi kitobi 1968-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng “Aks sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Ko‘zlar”, (1977), “Qaytish”, (1978), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1989) , “Tavba” (2000) kabi she’riy majmualari e’lon qilindi. Vafotidan so‘ng “Sakina” (2003), “Turkiston yodi” (2013) singari saylanmalari bosilib chiqdi.
Rauf Parfiga “Sabr daraxti” toʻplami uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofoti berilgan.
2005-yil 28-martda Toshkentda vafot etgan.
Alixonto’ra Sog’uniyning asarlari jamlangan yangi kitob nashr etilmoqda
Zabarjad media nashriyoti tomonidan Jadid adabiyoti namoyondalari rubrikasi asosida “Yurt qayg’usi haqida bebaho asarlar” nomli seriyali to’plamiga yana bir ajoyib kitob qo’shilishi e’lon qilindi.
Jadidlarimiz haqidagi seriyali to’plamning bir nechta kitobini o’qib ko’rgan inson sifatida aytishim mumkinki, ushbu kitob ham bizga noma’lum bo’lgan bir qancha foydali ma’lumotlarni beradi.
📚O’QISHGA TAVSIYA ETAMIZ!📚
📚 Sarob
✍️ Abdulla Qahhor
📝 “Sarob” romani 1934-yilda yozilgan bo’lib, adib unda 1920-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi “millatchilar” deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o’z g’oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga yuz tutishi jarayonini badiiy jihatdan ko’rsatib bergan. Asarda bosh qahramon – Rahimjon Saidiy, uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo’ja singari obrazlar orqali sho’rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlar gavdalantirilgan. Asarda “Saidiylar yo’li halokatli yo’ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro’yo va sarobdir”, degan badiiy xulosa chiqarilgan.
Hukmingizga havola etilayotgan hikoyalar to‘plami umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, akademik litsey va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
📚»Eng sara asarlar»
✍️ Jim Ron
📜 Aql vitaminlari. Boylik va baxtga erishishning 7 strategiyasi. Muvaffaqiyatning 5 kaliti
Natijalar va turmush darajamiz — bu harakatlarimiz oz sifatidir, biroq bularning boshida yuqorida keltirganimday, dunyoqarash, shaxsiy falsafa, hayotga munosabat va bizning faoliyatimiz turibdi. Biz oqibatni o’zgartirmoqchi bo’lsak, uning sababiga ta’sir qilishimiz kerak. Lekin ko’pchilik odamlar oqibatdan nolishadi, shikoyat qilishadi, sababni esa yo eslashmaydi, yo undan ayb qidirishmaydi.
Kitobni shunday mutolaa qilingki, uning fikrlari, g’oyalari sizni hayotingizni yaxshi tomonga o’zgartirish maqsadida ruhlantira olgin.
Siz kitobni o’qib ilgari payqamagan o’z imkoniyatlaringizni ko’ra boshlaysiz!
🔵“Boburnoma” — italyan tilida yoxud Gʻarbning Sharqqa tavba-tazarrusi.
🤔 Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530)ning “Boburnoma” asari oʻzbek adabiyotini dunyo boʻylab eng koʻp yoygan asar hisoblanadi.
U hozirgacha 25 xorijiy tilga tarjima qilingan.

Хаёлимда бўлдинг узун кун,
Сени излаб қирғоққа бордим.
Оч тўлқинлар пишқирган тунда,
Топиб бер, деб ойга ёлвордим.
Ишон, бунда сени доимо
Эсга солар чиройли тунлар,
Шўх юлдузлар, салқин саҳарлар,
Эсга солар бахтиёр кунлар.
Толеимнинг ошноси сен,
Сен севгимнинг кўкарган боғи.
Сенинг билан бирга иқболим,
Ишончимнинг сен вафо тоғи.
Мени қуршар салқин бир ҳаво,
Сув устидан тун қуюлади.
Шунда қанча-қанча гапларни
Эсга солиб ой ҳам тўлади.
Кеча жим-жит, ёлғиз тўлқинлар
Пишқиради билмай тинимни.
Ҳийлагар ой, сеҳргар дилбар,
Солиб қўйдинг ёдимга кимни?..
✍️Ҳамид Олимжон
Kitoblar orzu- istak tug’diradi, uni hayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muxokamalarda mustaqil bo’lish qobiliyatini tarbiyalaydi.S.T.Strumilin
#Mutolaaga_chorlaydi
1 Oʻtkan kunlar (A.Qodiriy)
2 Yulduzli tunlar (P.Qodirov)
3 Ko’ngil ka’basi (T.Sodiqova)
4 Nur borki soya bor(Oʻ.Hoshimov)
5 Ikki eshik orasi (Oʻ.Hoshimov)
📚📚📚📚📚»Rost bilan yolgʻonning orasi-toʻrt enlik», degan gap bor.Qiziq nega oz emas, koʻp emas ,toʻrt enlik?Gap shundaki,koʻz bilan quloqning orasi-toʻrt enlik ekan.Eshitganingga emas koʻrganingga ishon…Maqsad shu.Oʻtkir Hoshimov» Ikki eshik orasi»
TAFAKKURDAGI KISHANLAR HAQIDA
(roman)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Olim Toshboyevning yangi “Kishan” romanida millatning o‘suviga xalal beruvchi eng katta to‘siq aslida tafakkurdagi kishanlar ekani badiiy bo‘yoqlar orqali tasvirlanadi. Bu to‘siq otani boladan, akani ukadan ayirib yuborishi, oqni qora, qorani oq qilib ko‘rsatishi mumkinligi ta’sirchan tarzda ko‘rsatiladi.
Tavsiya_etamiz
📚Asar nomi: Ko‘ngil Hayratlari
🗞Muallif: Muslihiddin Muhiddinov
✍Samarqand davlat universiteti professori, atoqli navoiyshunos Muslihiddin Muhiddinovning ushbu monografiyasi uzoq yillar davomida mumtoz adabiyotshunoslik sohasida olib borgan tadqiqotlarining xulosasidir. Mazkur kitobda «Xamsa» larning birinchi dostonlaridan komil inson konsepsiyasi, Sharq adabiyotida Bahrom Go‘r timsoli, adabiy aloqalar va badiy tarjima muammolari komparativistik yo‘sinda tadqiq qilingan.
Monografiya OT- Ф1-138 «Temuriylar davrida yaratilgan «Xamsa» larning komparativ tadqiqi mavzusidagi fundamental loyiha doirasida bajarilgan. Hazrat Amir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi arafasida nashr etilgan ushbu kitob mumtoz adabiyot ixlosmandlariga munosib armug‘on bo‘ladi, degan umiddamiz.
Jeyn Ostin «Andisha va g’urur» («Gordost i predubejdeniye») asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o’zining kelib chiqishi, boyligi ila mag’rur boy pomeshchikning o’g’li Fitsuilyam Darsi o’rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo’ldi.

✍🏻Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚“Oila – sadoqat maskani”
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda oila masalasi o‘ta dolzarb mavzuga aylandi. Aslida oila mavzusi hamma zamonlarda ham o‘z muhimligini yo‘qotmagan, ammo bugungi fisqu fasodga to‘lgan davrimizda uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
«Oila — saodat maskani» kitobi nomidan ham ko‘rinib turganidek, oila masalalariga bag‘ishlangan. Unda oilaviy munosabatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi, xususan, qanday qilib baxtli va muvaffaqiyatli oila qurish to‘g‘risida hayotiy saboqlar o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, kitobda ham erkaklarga, ham ayollarga o‘z jufti bilan chiroyli muomalada bo‘lish, o‘zaro mehr va hurmat ko‘rsatish, farzandlar tarbiyasida nimalarga e’tibor qaratish borasida foydali maslahatlar berilgan.
Muvaffaqiyat_sirlari
🧐 O‘ylab ko‘ring: agar siz o‘z mahsulotingizni “Apple” yoki Gollivud studiyasi singari yirik bozorga olib chiqsangiz nima bo‘ladi? Potensial mijozlaringiz mahsulotingizni sotib olish uchun kun sanashini tasavvur qiling. O‘z bozoringizda siz uchun raqobatni deyarli butunlay yo‘qqa chiqaruvchi juda kuchli pozitsiyaga ega bo‘lishga qanday qaraysiz? Biznesingiz yoki byudjetingiz nechog‘lik kamtar bo‘lishidan qatʼiy nazar bularning barchasini bajara olasizmi?
❓Savol shundan iborat: siz haqiqatan ham ishni sekin-sekin boshlab, tez orada yo‘qolib ketmoqchimisiz? Biznesingiz kelajagi va hayotingizning tubdan o‘zgarishiga yordam beruvchi startni amalga oshirishga tayyormisiz? Unday bo‘lsa bu kitob aynan siz uchun.
🔘 «Iskanja»
✍ Omina Shenliko‘g‘li
⏯ Qismlar: 12 ta
Ushbu asarda kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uyg‘ur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan. Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga ma’naviyat, madaniyat deb dinsizlik g‘oyalarning singdirilishi, xalqni o‘zligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari yorqin ifodalab berilgani ushbu kitob kitobxonni befarq qoldirmasligi tabiiy. Asarda bir oila, uning a’zolari boshidan o‘tgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dard-u, alam iztiroblari yoritilgandir.
Matnni Shams Solih o‘qigan

✍️Автор: Иван Александрович Гончаров
📗Название: «Обломов»
🏷 «Все знаю, все понимаю — но силы и воли нет», — говорит о себе Петербургский помещик Обломов, главный герой одноименного социально-психологического романа русского писателя Ивана Гончарова.
В произведении ценны не столько события, сколько наблюдение над внутренним миром персонажей. Это роман о человеческом счастье, которое каждый понимает по-разному. О любви, которая требует от людей больших усилий.
📚 «Ming bir qiyofa»
✍️ Omon Muxtor
📜 «Ming bir qiyofa» romani hayoliy olis zamonlardan tortib qiyomat qoyim bo’ladigan, inson qayta tiriladigan davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, juda katta davr, ammo birgina inson qismatida u jamlanadi va zamondoshimiz bo’lgan odamning chigal hayotini aks ettirishga xizmat qiladi. Asar o’z ruhi bilan Markesning «Yuz yil tanholikda», Bulgakovning «Usta va Margarita» romanlariga yaqin turadi.
Mutolaaga_chorlaydi
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.
✍Maxmudxo’ja Bexbudiy
📚 «Vinni Pux va uning sarguzashtlari»
✍️ Alеksandr Alan Miln
📜 Jahon adabiyotida bolalar uchun yozilgan kitoblar orasida Alan Aleksandr Miln ijodi, qahramonlari yosh kitobхonlarimiz qalbiga shu qadar yaqinki, u haqda eshitganda, ko‘rganda hayajonlarini, quvonchlarini yashirolmaydilar. «Vinni Puх va uning sarguzashtlari» nomli mo‘jazgina kitobchani biz ilk bora o‘zbek tilida yosh kitobхon do‘stlarimiz e’tiboriga havola qilmoqdamiz. Ularning sevimli qahramonlari – Vinni Puхning sarguzashtlari chindan-da maroqli, chindan-da hayratlanarli


📚»Shahzoda va gado»
✍️Mark Tven
📜 Sizlarga hikoya qilmoqchi bo’lgan bu qissamni birovdan eshitganman, u otasidan eshitgan ekan, uning otasi esa buvasidan, buvasi ham o’z otasidan eshitgan ekan va hokazo. Xullas, uch yuz yil, balki bundan ham ko’proq vaqt mobaynida otalar buni bolalariga hikoya qilaverganlar va shu tariqa bu qissa bizgacha saqlanib kelgan. Ehtimol, bu voqea chindan ham bo’lgandir, ehtimol, rivoyat yoki afsonadir, lekin har holda bunday voqeaning bo’lishi mumkin. Balki ilgari zamonda bunga faqat donishmand va o’qimishli kishilar ishongandirlar, balki o’qimagan oddiy kishilar ham ishonib, bu qissani yaxshi ko’rib qolgandirlar.Xullas, biz ham mutolaaga chog’lanamiz.
So‘na
✍️ Etel Lilian Voynich
📝 Taniqli ingliz yozuvchisi Etel Lilan Voynichning “So‘na” romanida XIX asr voqea — hodisalari to‘laqonli bo‘yoqlarda yorqin aks ettirilgan.
📌 Asarda yosh bir yigitning izhorsiz sof muhabbati, qiynalishlari, diniy qarashlaridagi ikkilanishlar, ota bilan o‘g‘il o‘rtasidagi ham ziddiyatli, ham mehrga yo‘g‘rilgan munosabatlar tasvirlangan.
📌 Shuningdek, asarda do‘stlikka sadoqat, ishonchga xiyonat, insonning o‘z tili bilan boshiga tushgan kulfatlar hamda shu kabi bir-biridan qiziqarli hayotiy jarayonlar mohirlik bilan bayon etilgan.
📌 Iqtidorli kitob grafikasi bilan shug‘ullanuvchi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar yillar o‘tsada, o‘z qadr — qimmatini yo‘qotmaydi. Shu sababli ham kitob ichidagi rasmlar ko‘p yillar ilgari chop etilgan nashridan olindi.
❗️Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
📖 O‘QISHGA _TAVSIYA_QILAMIZ
📚 «Qutilasan-a, qutilasan»
✍️ Marhabo
📖Ajoyib shoira Marhabo Karimovaning allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan she’rlarini ikki kitobga jamlab chiqarishni niyat qilgan ekanmiz, bunda koʻpgina muxlislarning talabini hisobga oldik. Demakki, ushbu she’riy toʻplamni oʻqib, siz azizlar olam- olam ma’noga ega boʻlasizlar, nimalarnidir oʻrganasizlar, qandaydir bilimni qoʻlga kiritasizlar, degan umiddamiz. Zero, hikmatli sheʼrlar ham xalq ichra mangu yashaydi.
Bilmadim. Ehtimol, odamzod farishta bo’lib tug’ilsa-tug’ilar. Ammo bir umr farishta bo’lib yasholmaydi.
Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o’zini oppoq qilib ko’rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo’lolmaydi. Yo’lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o’zi ham sezmay qoladi.
📚 O’. Hoshimov «Ikki eshik orasi»
⚡️ Iqtibos:
Sening qilgan fidokorliklaringni hech kim kórmaydi. Ammo biror xatoga qól ur, insonlarning oģzidan tushmaysan…..
📔 Mirach Chaģri Oqtosh:
»  To’siqlarga qaramay sevdik» kitobidan
Uch qavatli saroy quradi, yilda bir marta keladigan mehmon uchun katta mexmonxona soladi, yigirmatalab xonasi bo‘laturib, ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan bitta kichikkina kutubxonasi yo‘q oilalar qancha…
Ming afsus…
©O.Hasanovning — «Liderlar» kitobidan
📚Asar nomi: Jimjitlik
📖Muallif: Said Ahmad
Cho‘qqilar jilvasiga ko‘pam mahliyo bo‘laverma bolam. Bu tog‘da qashqirlar bor. Odam bolasining ko‘zidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurak bag‘rini o‘rtagan alamlar shu ko‘z yoshi bilan chiqib ketadi. Kimki faryod urib yig‘layolmasa, ko‘zidan yosh chiqazolmasa, alamlarini ichiga yutsa dardga chalinadi. Shuning uchun keksalar alam o‘rtagan kishiga, yig‘la, ko‘nglingni bo‘shat, deydilar. Bu gapda hikmat bor. Afsuski, Tolibjon ko‘z yosh to‘kib yig‘lolmasdi. Unsiz, ko‘z yoshisiz yig‘lardi, xolos. Mana shu unsiz yig‘i Tolibjonni yiqitdi. Sal kundan qop-qora sochlari kaptar patidek bo‘lib ketdi. Asab kasali yomon dard bo‘ladi. Tolibjon shovqinga chidamaydigan, gap ko‘tarmaydigan bo‘lib qoldi. U o‘ylab-o‘ylab, olis qishlog‘ida qolgan o‘gay singlisini esladi. Tolibjon uni ko‘p yillardan beri ko‘rmagan.
Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir. Sa’diy Sheroziy
So’nggi afsus
Ge.De.Mopassan

Qo‘lingizdagi to‘plamdan jahon adabiyotidan saralab tarjima qi- lingan hikoyalar o‘rin olgan. Ulardan biri nafaqaga chiqqanida turmush tashvishlari bilan to‘qnashgan qariya haqida. U odamlarga ishonmaydi. Hatto uning ismini aytib murojaat qilsalar ham hadiksiraydi, vahimaga tushadi. Oqibatda tog‘ yo‘lida adashib, qor ostida muzlab qoladi. Aksariyati insonlami ezgulikka, bir-biriga mehr ko‘rsatishga undovchi hikoyalardan jamlangan ushbu to’plam o‘quvchilarimizga hayot sabog‘ini beradi, degan umiddamiz.

Ayol nazokati bilan go’zaldir olam.
8 mart — » Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bugun 7 mart kuni Denov tuman Axborot-kutubxona markazida «Ayol nazokati bilan go’zaldir olam» nomli mavzuda kitob ko’rgazma chiqarilidi.
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.
Zero, ayol degan ulug‘ xilqatda nozik ta’b va buyuk qalb, nazokatli ko‘ngil, betakror fidoyilik va ona jasorati mujassamdir.

Ko‘ngil kundaligi…
… Erkaklar ko‘pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbini tushinish qiyin deb, hasrat qiladilar. Nachora, pinhon narsani tushinish hamisha mushkul bo‘ladi. Sirli narsani bilish hamisha mashaqqatli bo‘ladi. Buning uchun ayol kishi aybdor emas. Qiz bola sirlarini pinhon saqlamay nima qilsin? Aslini olganda, hamma narsaning pinhoni oshkorasidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Balki, shuning uchun ham qiz muhabbati yigit muhabbatidan kuchliroq bo‘lsa ajab emas.
O‘tkir Hoshimov, «Nur borki, soya bor» asaridan.
Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasida insoniy go’zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologik muammo teran tadqiq etilgan. Asarda adib abadiy sevgi — muhabbat mavzusida butunlay yangicha qarash bilan yondashgan. Shu tufayli ham qissa tez orada mashhur bo’lib ketdi.
E’tiboringizga Chingiz Aytmatovning audiokitob shaklda tayyorlangan «Oq kema» asarini bizning kutubxonamizga kelib eshitishingizni tavfsiya etamiz.
O‘tmish podshohlardan biri bir yomon dardga mubtalo ediki, kasalining nomini atamaslik yaxshiroqdir,
Bir guruh yunosh tabiblari, bu dardga falon sifat va falon xosiyatga molik bo‘lgan odamning o‘tidan bo‘lak davo yo‘qdir, degan qarorga keldilar. Podshoh shunday odamni topib kelishga farmon berdi. Bir dehqon o‘g‘lini topdilar, unda tabiblar aytgan barcha sifatlar mavjud edi. Podshoh bolaning ota-onasini chaqirtirib, ularga talay mol-dunyo berib rozi qildi.
Qozi: «Podshohning salomatligini saqlamoq uchun fuqarolaridan birining qonini to‘kmak ravodir», deb farvo berdi. Jallod bolaning boshini kesishga hozirlandi. Bola osmonga boqib tabassum qildi. Podshoh undan so‘radi: «Shunday holatda tabassum qilishingning boisi nima?»
Bola javob berdi: «Farzandning
nozini ota-ona ko‘taradi, da’vo bilan qozining huzuriga boradilar, podshohdan adolat tilaydilar. Hozir ota-onam dunyo moli uchun o‘limimga rozi bo‘ldilar, qozi fatvo berdi, podshoh bo‘lsa, meni jondan judo
qilib, o‘zi shifo topmoqchi. Ollohi taolodan bo‘lak
panohim yo‘q ekan, shu jihatdan kuldim».
Kimga ham qilardim dastingdan faryod,
O‘zingga kelibman, o‘zginangdan dod.
Bu so‘zni eshitgan podshohning ko‘ngli pora-pora bo‘lib ketdi, ko‘zlaridan tashqator yosh oqib, dedi:
«Begunohning qonini to‘kib, shifo topganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshiroq».
Keyin bolani bag‘riga bosib, yuz-ko‘zidan o‘pdi-da,
behisob sovg‘alar berib, ozod qilib yubordi. Deydilarki, o‘sha haftada podshohning dardi shifo topdi:
Hali ham esimdan bir bayt chiqmaydi,
Bir filbon aytgandi Nil qirg‘og‘ida:
Oyog‘ing ostida qumursqa holi
O‘zing bosilganday fil oyog‘ida.
Sa’diy «Guliston» asaridan
#Kutubxonachidan tavsiya
📚 «Eng komil inson»
✍️ Adham Ibroxim o‘g‘li
📜 Qo‘lingizdagi ushbu kitobda arablarning Islomgacha bo‘lgan hayotidan tortib fil egalari qissasigacha, Payg‘ambarimizning tug‘ilishlari; payg‘ambarlik alomatlari va bu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan voqealar; Muhammad alayhissalomga vahiyning kelishi; musulmonlarga azob-uqubatlar yetkazilishi; Isro va Me’roj voqeasi; Madinai munavvaraga hijrat; qiblaning o‘zgarishi; Ifk hodisasi; Makka fathi; Vidolashuv haji hamda Olamlar sarvarining boqiy dunyoga rihlat qilishlari batafsil yoritilgan.

Men o‘qidim sizga ham o‘qishni tavsiya qilaman

Mirmuhsinning tarixiy mavzudagi mashhur romanlaridan biri «Temur Malik»dir. Asarni yaratilishi haqida adibning o‘zi shunday degan edi: «…Ko‘p yillar mobaynida tarix sahifalarini varaqladim, ona tuproq, ona yurt saodati yo‘lida kurashib, qurbon bo‘lganlar haqida kitob yozish niyatim edi. Moziydagi mislsiz vatanparvar bahodirlardan biri Temur Malik jasorati doimo diqqatimni jalb etib kelardi». Ana shu niyat samarasi o‘laroq bu roman yozildi. Asar 1985-yili «Sharq yulduzi»da ,1986-yili alohida kitob holida chiqdi. Rus tilida Moskvada «Xo‘jand qal’asi» nomi bilan nashr etilgan.Romanda Temur Malikning dushman hujumiga, xususan mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan mardonavor va jasoratli kurashlari, Xo‘jand qal’asini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari juda jonli tarzda hikoya qilinadi. Asarga tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima obrazlar ham kiritilgan bo‘lib, ma’lum tomondan asarning g‘oyaviy mazmunini to‘ldirishga xizmat qilgan.

Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Puliser va Nobel mukofoti sovrindori Jon Steynbekning eng mashhur asarini endi o‘zbek tilida o‘qing!
Jon Steynbek: Sichqonlar va odamlar
Puliser va Nobel mukofotlari sovrindori Jon Steynbek ijtimoiy va insoniy muammolarni mohirlik bilan yoritgan yozuvchi sifatida shuxrat topgan.
Uning asarlari modern dunyo adabiyotida muhim o‘rin egallaydi.Steynbek sodda, ammo keskin haqiqatni yoritadi va har doim o‘quvchi qarshisiga o‘ziga tortadigan hikoya bilan chiqadi.Ushbu asarda mavsumiy dala ishchilari aqlli Jorj Milton bilan uning kuchli, ammo aqli biroz zaif hamrohi Lenne Smollning hayotidan qisqacha hikoya qilinadi.Kichik yer sotib olib, oddiy insonlar kabi yashash xayoli bilan zavq topadigan bu ikki inson hikoyasida do‘stlik va birdamlik tuyg‘usi muhim o‘rin tutadi.Steynbek insoniy munosabatlarni anglatish bilan cheklanmaydi, balki odam bolasining tabiat va jamiyat bilan quradigan munosabatlarini ham yoritib bergan.Asarga Robert Burnsning she’ridagi «Eng yaxshi rejalar insonlar va sichqonlarningdir, ular hech qachon amalga oshmas..» degan satrlaridan ilxomlanib shunday nom berilgan
#Turkiy_adabiyotlar_durdonasi
OQISHGA TAVSIYA QILAMIZ !
Qirg’iz Zamonaviy She’riyati Antologiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 — yil 15 — oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo’lib o’tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat «Turkiy adabiyot durdonalari» deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkimini har bir mamlakatning ona — tilida nashr etish g’oyasini ilgari surgan edi.
Ushbu ezgu tashabbus asosida birinchi bo’lib O’zbekistobda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi.
Ernest Xeminguey Kichik durdonalar
Kunlardan bir kuni Ernest Xeminguey bahs boylashib, oltita so‘zdan iborat dunyo adabiyotida eng qisqa hikoya yozadi. Shundan so‘ng har yili o‘nlab «Eng qisqa hikoya» tanlovlari o‘tkazilib kelinadi. Ushbu hikoyalarga bo‘lgan talablar oddiygina: ijod mahsuli tugun, kulbminatsiya va yechim kabi unsurlarni o‘zida jamlagan bo‘lishi lozim.
Quyida juda qisqa, lekin chuqur ma’no-mazmunga ega hikoyalar o‘quvchilar e’tiboriga havola etilmoqda. O‘ylaymizki, mazkur hikoyachilar mutolaasidan so‘ng kitobxonlarning adabiyot haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi.
“Jinoyat va jazo” asaridan 🔍
Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning tug‘ma oliyjanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yo‘qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.
Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o‘tirishni istamadim va istamayman. Men o‘zim ham yashashni istayman, bo‘lmasa, yashashning ham keragi yo‘q.
Berkitadigan narsasi bo‘lmagan kishilar o‘zlarini baxtli deb bilsalar arziydi.
Boshqalar nima derkan, deb o‘tirish ojizlikning birinchi belgisidir!

O`tkir Hoshimov 82 yosh
Shundan so’ng u yana bir go’zal asarni-O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlangan “Dunyoning ishlari (1982-yil) qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O’tkir Hoshimov ijodida “Ikki eshik orasi” romani alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o’z ichiga olgan va bir qator tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham roman 1986-yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
O’tkir Hoshimov tarjimon sifatida O.Bergglos, Mustay Karim, V.Shukshin asarlarini o’zbek tiliga ag’dargan. Uning eng yaxshi asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. O’.Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991-yili “O’zbekiston xalq yozuvchisi” fahriy unvoni berilgan. U “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirlangan.
Кitoblar 🆚 kutubxonalar 🏛
⚜️ Ilm bor joyda kitob koʻpayadi. Kitob bor joyda ilm rivojlanadi. Hozirgacha har bir jamiyatdagi kitoblar va ularga boʻlgan munosabat oʻsha jamiyat aʼzolarining ilmga boʻlgan munosabatini oʻlchovi boʻlib kelgan.
⚜️ Xuddi shu holat musulmon hayotida oʻz aksini topgan. Milodiy IX asrdan boshlab, musulmonlarda haqiqiy boylik deganda kitob tushunilgan. Birovga eng qimmatbaho hadya qilishni xohlagan odam kitob olib borgan.
🏛 Bagʻdod xalifasi xalqqa arzigulik biror hadya qilish haqida oʻz vazirlariga maslahat solganida, hammalari bir ovozdan yaxshi bir kutubxona hadya qilishga ishora etganlar. Bu kutubxona musulmonlar ommasiga hadya etilgach, “Dorul hikma” nomini olgan va u keyinchalik dunyodagi birinchi fanlar akademiyasiga aylangan.
“Olam va odam, din va ilm”
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Muallif: Mening ishim — umrini Vatan saodati yo‘liga bag‘ishlagan mutafakkir vatandoshimiz haqidagi hayotning bugungi shiddati yoki boshqa sabab bois, yoddan ko‘tarila boshlagan haqiqatlarni adabiyot olamiga endi-endi qadam qo‘yayotgan yoshlarga eslatib qo‘yish, o‘zim ko‘rgan, bevosita guvoh bo‘lgan voqealar, eshitguliklar tafsilotlarini asli qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday holda ustozning jonli suhbatiga ilova qilishdan iborat bo‘ldi, xolos.
✍️Kitob Erkin Vohidovni yaqindan bilgan, fusunkor she’rlari, dilbar g‘azallaridan bahramand bo‘lgan muxlislarning yangi-yangi ilovalari bilan boyib boradi, degan umiddaman.
🌎 JAHON ADABIYOTI TURKUMIDAN 🌎
📚 O’qishga tavsiya etamiz! 📚
👤 Anton Chexov
📘 Yovuz niyatli kishi
Ushbu to’plamdan dunyo adabiyoti rivojiga munosib hissa qo’shgan rus adabiyoti namoyandalarining eng sara hikoyalari o‘rin olgan. To’plamdagi hikoyalarda insonlarning ichki dunyosi, ruhiyati mahorat bilan ochib berilgan. Shu bois har bir kitobxon ularni o’qir ekan, ta’sirlanishi shubhasiz.
Bir bolaning oyoq kiyimi dengiz to’lqinlari orasida yo’qoldi. U sohildagi qumga «Bu dengiz o’g’ri» — deb yozib qo’ydi..
Undan uncha uzoq bo’lmagan yerda baliqchi to’r tashlab, anchagina baliq tutdi. U qumlikka, «Bu dengiz sahiy» — deb yozib qo’ydi..
Yosh yigit dengizda cho’kib ketdi. Onasi sohilga, «Bu dengiz qotil» — deb yozib qo’ydi..
Qariya dengizdan qimmatbaho dur topib oldi. Uning yozuvi, «Bu dengiz oliyjanob», bo’ldi..
Keyin qirg’oqqa baland to’lqin kelib urildi-da, u yerdagi barcha yozuvlarni o’chirib tashladi..
Dengiz sokinlik bilan so’z qotdi: «Dengiz bo’lishni istasang, odamlarning so’ziga e’tibor berma»!..
✍ O’TKIR HOSHIMOV
📘» Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

 

«Уч мушкетёр» романи муаллифнинг бошқа асарлари сингари жаҳон адабиётидаги энг сара асарлар рўйхатидан ўрин олган. XVII аср Франция ҳаётидаги воқеалардан ҳикоя қилувчи ушбу асарда улуғвор ғоялар, ўлмас туйғулар, инсонийлик, шахс эркинлиги, орзулар сари интилишга қаратилган турли хил йўллар талқини ўз аҳамиятини сақлаган ҳолда ўқувчининг қалбига кириб боради.

 

E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitobda bugungi kunda yurtimizda Yangi O‘zbekistonni qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.
Xurmatli kitobxonlar kutubxonachi sifatida sizlarga ushbu kitobni o‘qishlaringni tavsiya qilamiz

Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shular haqida barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz. Shunday kitoblar borki inson hayotida yuksak orin egallab, uning taqdirini belgilashda ochmas iz qoldiradi..

 

#Navoiy_582
#Navoiy hikmatlari komillikka ytaklar
Har kimningki so’zi — yolg’on, yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on; yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg’on-afsonalar bilan uyqu keltiruvchi yolg’onchi — uyquda alahlovchi. Yolg’on gapiruvchi g’aflatdadir; so’zning bir-biridan farqi ko’pdir, ammo yolg’ondan yomonroq turi yo’qdir.

 

ҲАЙРИДДИН СУЛТОН.
УЧ ЮЗ ОЛТМИШ ТЎРТ КУН
Қўлингиздаги ушбу китобда таниқли адиб Ҳайриддин Султоннинг турли йилларда ёзилиб, ўзига хос шаклда тартиб берилган ўттиз битта хикояси жамланган.
Ўзбекистон Қахрамони, халқ ёзувчиси, раҳматли Саид Аҳмад аканинг таъбири билан айтганда, тўпламдан ўрин олган асарларда тасвирланган одамлар ниҳоятда аниқ, мукаммал образ даражасига етган бадиий қиёфалардир.
Бу қиёфалар гўё моҳир рассом томонидан аслига қараб чизилган гўзал сувратлар каби таассурот қолдиради.

 

Annotasiya:Fikr va mulohazalar
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bir necha yil avval shu nomda kitob nashr ettirgan edi. Bu kitobga jamlangan falsafiy fikrlarning ayrimlari bilan aziz muxlislar «Iymonlashish umidi», «Tosh qalblarga nazar solinmas» kabi to‘plamlari orqali tanishgan bo‘lishlari mumkin. Mazkur kitobni nashrga tayyorlashda adib ko‘p yangiliklar kiritdi. Dunyoni tushunishga xizmat qiluvchi yangi hikmatlar bilan boyitdi. Yozuvchi hayot falsafasiga doir kuzatishlari, fikrlarini to‘ldirgan bu to‘plam ham kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz.

 

«Odamlardan tinglab hikoya»  Xayriddin Sulton
Annotasiya: Taniqli adib Xayriddin Sultonning qo’lingizdagi kitobi o’ttiz bitta yangi hikoyadan iborat. To’plamga kiritilgan hayotnomalarni muallif to’qib chiqargan emas, u faqat odamlardan eshitgan va bor holida qog’ozga tushirgan, xolos. Har bir qahramon taqdirida shundoq yonimizda yashayotgan turli insonlarning tarixi va qismati, baxti-yu baxtsizligi, quvonch va qayg’usi o’zining badiiy ifodasini topgan.

 

#машҳурлардан_иқтибослар
-Ўз уйимизни яхши кўрмасанг, юз қаватли уйларни яхши кўролмайсан. Сен катта шаҳарларни яхши кўриш учун Тошкентни яхши кўришинг керак. Тошкентни яхши кўриш учун ўзимизнинг Дўмбрободни яхши кўргин.
Ўткир Ҳошимовнинг «Дунё ишлари» қиссасидан

#So’ngi yangiliklar

17-sentabr – O‘zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabr kuni Qo’qon shahrida temirchi oilasida tug’ilgan.Bolaligi Qo’qon va uning atrofidagi qishloqlarda o’tdi.
A.Qahhor ijodi she’riyat bilan boshlangan esa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. “Boshsiz odam” (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya,ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Uning “Boshsiz odam” hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o’tmish aks ettirilgan. ”Qo’shchinor chiroqlari” (1951) romanida dastlabki varianti “Qo’shchinor” (1946) jamoalashtirish jarayonining voqealari badiiy tasvirlangan.
Бугун 13 август — Усмон Азим туғилган кун
УСМОН АЗИМ 1950 йил 13 августда Бойсун туманида туғилган.Ўзбекистон халқ шоири (2000), драматург. Тошкент университетининг журналистика факультетини тугатган (1972).Республика радиосида муҳаррир, катта муҳаррир ва бош муҳаррир ўринбосари (1976—89), Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Тошкент вилоят бўлимида масъул котиб (1989—90). Ўзбекистон Республикаси Президенти девонида сектор мудири, етакчи консультант, Президентнинг Давлат маслаҳатчиси (1991-94).2003 йилдан Ўзбек миллий академик драма театрида адабий эмакдош.Илк китоби — «Инсонни тушуниш» (1979). Шундан сўнг шоирнинг «Ҳолат» (1979), «Оқибат» (1980), «Кўзгу» (1983), «Сурат парчалари» (1985), «Даре» (1985), «Иккинчи апрель» (1987), «Бахшиёна» (1989), «Faройиб аждарҳо» (1990), «Уйғониш азоби» (1991), «Fycca» (1994), «Узун тун» (1994), «Бор эканда, йўқ экан» (1995), «Сайланма» (1995), «Куз» (2001) каби шеърий ва «Жоду» (2003) насрий тўпламлари нашр этилган.
Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 63 yoshga to‘ldi
Bugun, ya’ni 24 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomidir.
Prezidentimiz ayni damda 63 yoshni qarshi olmoqda. Tavallud ayyomlari bilan tabriklar ekanmiz, ayni sinovli kunlarda Shavkat Miromonovichga tog‘dek sabr, matonat, kuch-quvvat tilaymiz. Oilalari va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.
Bugun Said Ahmad tavallud topgan kun.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «O‘zbekiston Qahramoni» Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan. Avval o‘rta maktabda, so‘ng Navoiy nomli pedagogika institutida o‘qigan. Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog‘liq. Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er yurak» (1942-yil), «Farg‘ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat» (1949-yil) to‘plami, «Qadrdon dalalar» (1949-yil), «Hukm» (1958-yil) qissalari e’lon qilindi.Uning ijodida «Ufq» romani alohida o‘rin tutadi. 60-yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop etilgan.
Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etdi.
Bugun 30 may Mirtemir (1910-1972) tug‘ilgan kun.
🔹O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910-yil 30-mayda Qozog‘iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi.
🔹Uning birinchi she’ri 1926-yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosiladi.
🔹Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928-yilda chop etilgan.
🔹Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir.
🔹U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «YO‘lbars terisini yopingan pahlavon», Berdaq asarlari va qirg‘iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
🔹 «Men seni…», «Chag‘alay», «Qirg‘iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog‘im», «Qaydadir buloq» kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.
🔹1979-yilda Mirtemirga «Tog‘day tayanchim» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
🔹Mirtemir 1972-yilda vafot etgan.

1894-yil 10-aprel — O‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun
Dunyoda ko’pgina millat borligini hisobga olsak, bu albatta, millatdosh sifatida kishida faxr hissini uyg’otadi.
Bu kun mutafakkirimiz tavalludiga 130-yil toʻldi.
Amir_Temur_tavalludining_688_yilgi
XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatiga tushib qolgan mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu mintaqada Amir Temur (1336-1405 yillar) boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy jarayonda shubhasiz Sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
Bu aqlli va bilimli inson o‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, g‘oyalari mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Vatanimiz tarixidagi 29 mart sanasi bilan bog‘liq bir voqea bayoni
1906 yil (bundan 118 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonim (Tamara Petrosyan) tavallud topdi (vafoti 1991 yil).
Kelib chiqishi arman, o‘zi esa o‘zbek mahallada katta bo‘lgan Tamaraning turmush o‘rtog‘i va qizining otasi taniqli qo‘shiqchi Muhitdin Qori Yoqubov. U 19 yoshidayoq keng omma e’tirofi va sharafga ega bo‘lgan. Hayoti davomida yer sharining yarimini aylanib chiqqan.
Bir kichik voqeadan so‘ng Tamaraning ismiga Xonim taxallusi mustahkam o‘rnashib olgan. Kunlardan bir kuni Moskvaga uyushtirilgan katta safar oldidan konsert tashkilotchilaridan biri mahalliy aholi Tamaraga “xonim” deya yuzlanishayotganini eshitib qoladi. Ertasiga “Tamara Xonim” ismli afisha butun shahar bo‘ylab osilgan edi.
1994 yilda Toshkentda Tamara Xonim uy-muzeyi ochilgan.
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan.
Haq yoʻlida kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqqin ming ganj ila.
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Alisher Navoiy
O’lkamiz ijodkorlari
Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin. Shundagina farzandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar
Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich)
1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir.
«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2019 yil 16 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
Bugun 4-sentyabr Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tug’ilgan kun.
Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4.09 da Xorazmda tavallud topdi.
Zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgangan qomusiy olim. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrgangan.
O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
MANGU YASHAYSIZ

Istiqlol quyoshi charog‘on,
Esmoqda bir mayin sabolar,
Nomlamlari tirikdir har qachon,
O‘lmaydi hech qachon daholar.
Halqimning ey buyuk dahosi,
Doston -u,tillarda yashaysiz,
Halqimning ulug‘vor qoyasi,
Siz mangu dillarda yashaysiz.
Quyoshsiz, charog‘on yuuduzsiz,
Nur sochib yashaysiz siz abad,
Yuksaldi,jahonga tutdi yuz,
Siz qurgan ulug‘vor saltanat.
Shod bo‘lsin ruhingiz jannatda,
Shu tilak tilagay barcha qalb,
O‘zbek deb atalgan millatga,
Istiqlol bitildi siz sabab.
Istiqlol safosi gullarda,
Esmoqda hur vatan sabosi,
Siz mangu yashaysiz dillarda,
O‘zbekning ey buyuk dahosi.
Xurshid Karim
Bugun tugilgan Kun
Erkin A’zam 1950 yili 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972).
O‘zbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida bo‘lim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ko‘p jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), O‘zbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (1992–1994) lavozimlarida ishladi. Ikkinchi chaqiriq (1994–2004) O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Hozirgi kunda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.
Adibning o‘quvchilik yillarida yozilgan ilk “Inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosildi (1966). Dastlabki “Chiroqlar o‘chmagan kecha” hikoyalar to‘plami 1977 yilda chop etildi.
1981 yilda nashr qilingan ikkinchi kitob – “Otoyining tug‘ilgan yili” nomli qissa va hikoyalar to‘plami uchun muallif 1982 yilda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan so‘ng iste’dodli adibning “Olam yam-yashil” (1984), “Mir v svetax” (1989), “Pakananing oshiq ko‘ngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002), “Jannat o‘zi qaydadir” (2007), “Ertak bilan xayrlashuv” (2007), “Guli-guli” (2009), “Shovqin” (2001) kabi bir qator roman, qissa va hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. “Jannat o‘zi qaydadir”, “Shajara”, “Farrosh kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” nomli pyesalari respublikamiz teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
Erkin A’zamov kinodramaturgiyamiz rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning ssenariysi asosida tasvirga olingan “Chantrimore” (1990), “Piyoda” (1996) milliy kino san’atimizda yangilik bo‘ldi. Navbatdagi “Dilxiroj” (2001) filmi xalqaro miqyosda e’tibor qozondi. Germaniya va Fransiya televideniyelari orqali namoyish etildi. Nusxasi Fukuoko (Yaponiya) kinomuzeyida saqlanadi; “Erkak” (2004) nomli filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovringa (Gran-pri) sazovor bo‘ldi.
Bugun — 5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun
🔹Oʻtkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentda,
Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan.
🔹Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil).
🔹Adibning dastlab “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplami, “Choʻl havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Ijodkor “Xazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati”, “Toʻylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatagʻon” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi.
🔹2013-yil 24-may juma kuni ogʻir xastalik tufayli oilasi davrasida, Toshkentda vafot etgan.
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Davlatimiz rahbari 66 yoshni qarshilamoqda.

Prezident va yillar haqida
1957 yilning 24 iyulida Zominda sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori bo‘lgan marhum Miromon Mirziyoyev va rafiqasi ikki qizdan so‘ng nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lishadi. O‘zSSRda tug‘ilgan ushbu chaqaloq kun kelib mustaqil mamlakat rahbari bo‘lishini kim ham o‘ylagan deysiz.
Tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘z davlatimiz prezidenti haqida ochiq manbalardan olingan ba’zi ma’lumotlarni bo‘lishaman.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini tamomlab, 1981 yildan boshlab ayni shu yerda kichik ilmiy xodim, dosent va prorektor sifatida ko‘tarila boshladi.
Mustaqillik yillarida deputatlikka o‘tib, 1992 yilda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, Jizzax viloyati hokimi darajasiga ko‘tarilgan. 2001 va 2003 yillar davomida Samarqand hokimi bo‘lgan.
Va uning kayerasidagi keskin burilish 2003 yil sodir bo‘lib, O‘tkir Sultonov o‘rniga bosh vazir etib tasdiqlandi hamda 13 yil davomida, ushbu lavozimga 3 marta qayta tasdiqlanib, ijro hukumatiga rahbarlik qildi.
2016 yil, Islom Karimov vafot etgach, qonunchilikka ko‘ra vaqtincha boshqaruvchi rahbar Nig‘matulla Yo‘ldoshev, o‘zini yetarli tajribaga ega emasligini aytib, boshqaruvni Shavkat Mirziyovga bergan. Shu yilning 4 dekabr kunida saylov orqali salkam 90 foiz ovoz bilan rasman O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan.
Prezident ham alohida shaxs ekanligidan kelib chiqib, uning shaxsiy va oilaviy hayoti daxlsizligini xurmat qilgan holda, bunga ortiqcha to‘xtalmaymiz. Qibray va Zomindagi hayotdan tashqari, texnika fanlari nomzodining poytaxtdagi hayot yo‘li ham ancha qiziqarli. 2021 yil saylovchilar bilan uchrashuvda Mirziyoyev bu darajagacha kelish oson bo‘lmaganini ta’kidlab, bir shingil motivasiya ham bergan edi.
Prezidentlik davrida hozircha eng ko‘p Qozog‘istonga (8 marta) tashrif buyurdi. 3 ta farzandning otasi. Yaqinda uchinchi muddat – 7 yilga rahbarlikka saylandi.

Yodgor Sa’diyev 77 yoshni qarshiladi


Bugun, 12 iyun kuni o‘zbek madaniyati va san’ati darg‘asi, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev tavallud topgan kun. Aktyor Yodgor Sa’diyev 77 yoshni qarshiladi.
Yodgor Sa’diyev xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega aktyorlardan biri. U 1946 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Faoliyatini O‘zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan Yodgor Sa’diyev bugungi kunda ham mazkur teatr sahnasida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
1946 yil Toshkentda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan Yodgor Sa’diyev bolaligidan ham san’atga, ham sportga havasmand bo‘lib voyaga yetdi. “Paxtakor” futbol jamoasida darvozabon bo‘lib ko‘zga tushgan Yodgor Sa’diyev sportchilarga xos ba’zi muammolar sabab futboldan ketadi.
Aktyor 1971 yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatib, O‘zbek milliy akademik drama teatrining yosh aktyolari qatoridan joy oladi. Otaxon teatrning ustoz aktyorlari nazariga tushgan Yodgor Sa’diyev epizod rollarda uzoq qolib ketgani yo‘q. “Qaroqchilar”, “Uylanish”, “Boy ila xizmatchi”, “Yulduzli tunlar”, “Alisher Navoiy”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi spektakllarda 60dan ziyod esdaqolarli rollar ijro etdi.
Teatr sahnasida omadi chopgan Yodgor Sa’diyevga kino ham begona bo‘lmadi. “Dilbarim”, “Minorxo‘rlik Jo‘ra ovchi”, “Yengilmas”, “O‘n uch terak ko‘chasi”, “Qizil qumlar” nomli filmlar bugun TVlarda efirga uzatilmasada, ularni keksa tomoshabinlar yaxshi eslashadi.
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyevning ijodida “Shaynanat” seriali juda katta o‘rin tutadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aktyor necha yillarkim xalq ko‘z o‘ngida Asadbek bo‘lib yashab kelmoqda. Bu ham bo‘lsa, uning o‘z rolini ishonarli va qoyilmaqom qilib ijro etganidan dalolat. 1998 yilda suratga olingan “Shaytanat” seriali haligacha tomoshabinlarning tilidan tushmay kelyapti.
46 yillik ijodiy faoliyatga ega bo‘lgan aktyor 1998 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qalqon” studiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Aktyor o‘tgan yillarda yana teatrga qaytdi. Yodgor Sa’diyevning muxlislari uni O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida “Imon” spektakli bilan kutib olishdi.

Bugun sevimli adibimiz Said Ahmad tavallud topgan kun.Tavallud sanasi: 10-iyun 1920-yilVafot sanasi: 5-dekabr 2007-yil(87 yoshda)Kasbi: YozuvchiMagnum opus: «Jimjitlik», «Ufq (trilogiya)»si.“Farg‘ona hikoyalari”,“Muhabbat” to’plamlari kitobsevarlar tomonidan, sevib o’qiladi.Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda rafiqasi Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Denov tumanida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Festival avvalida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida faxriylar barcha tumanlardan tashrif buyurgan mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Sharof Rashidov ko‘chasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faylasuf, muttafakkir va shoir Umar Xayyom tavallud topgan kun.

Umar Xayyom taxallusi; asl ism sharifi Giesiddin Аbdulfatx Umar ibn Ibroxim Xaem Nishonpuriy) (1048.18.05.-Nishonpur-1134.4.13).-matematik, astronomik, faylasuf, xakim va mutafakkir shoir, Nishopurda boshlangʼich maʼlumotni olgach, Balx, Buxora va Samarkandda taxsil qurgan. Malikshox va Nizomulmulk (1019-1992) daʼvati bilan 1074 yilda Isfoxonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan.

Bu taqvim Yevropada undan 500 yil Keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʼlgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʼzini shayx ur-rais Аbu Аli ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblangan. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʼoya va qarashlarini davom ettirgan va targʼib qilgan.

Бугун ўзбек ўғлони марҳум шоир Муҳаммад Юсуф туғилган куни

Denov tuman kutubxonalarida faoliyat yuritgan kutubxonachilar ish jarayonidan lavxalar.
Ushbu xujjatlar Denov tuman Davlat arxivi fondida saklanmokda
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Kuybishev” kolxozi mexanizatori Tursunoy Pirnazarova traktorda paxta termokda.Paxta yig‘im-terimi mavsumi 1985 yil.Ushbu fotosurat Denov tuman davlat arxivida saqlanmokda.
Denov shaxridagi Mayakovskiy nomli o‘rta maktab kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib ishlagan Murodov Ochil bu kasbda 40 yildan ortiq faoliyat yuritgan.
1989 yil. Ushbu xujjat Denov tuman davlat arxivida saklanmokda. Fond-448, ruyxat-1,sak.bir-225