So‘nggi yangilik

#Abdulla_Qodiriy_tavalludining_131_yilligi
#XIX-XX_asr_jadidlarini_xotirlab
#Kochma_kutubxona
#Bir adib haqida suhbat.
#Buyuk_ajdodlarimiz_faxrimiz
#Shoh_va_shoira
#Abonementlar_va_foydalanuvchilarga_xizmat_kõrsatish_xizmati_ish_faoliyatidan
#manaviyat_soati
#Gazal mulkining sultoni
#jarayon
#badiiy_kecha

Bugun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod tug‘ilgan kun
«…Men shu niyat yo‘lida (ijod yo‘lida — Z.T.) imorat solmadim, mashina olmadim, mansab egallamadim, shon-shuhrat qizg‘anmadim. Men dunyo talashmadim! Faqat izlandim, faqat o‘qidim… Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!»
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Tog‘ay Murod (Tog‘aymurod Mengnorov) 1948 yil 3 fevralda Surxondaryo viloyatining Denov (hozirgi Oltinsoy) tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida tug‘ilgan. 2003 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
Tog‘ay Murod mehnat faoliyati davomida radioda, markaziy gazeta va jurnallarda xizmat qilgan.
«Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Momo Yer qo‘shig‘i», «Otamdan qolgan dalalar», «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» kabi bir qancha asarlari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Denovda akademik Nazar To‘rayev uy muzeyi ochildi
Denov tumani hokimligi akademik Nazar To‘rayev xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodni olimning ilmiy tadqiqodlari va hayoti yo‘lidan xabardor etish maqsadida uning uy muzeyini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nazar To‘rayev 1938 yil 19 mayda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan.
Akademik N.To‘rayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson 2023 yil 3 oktyabr kuni 85 yoshida vafot etgan.

Komil Yashin (1909.25.12, Andijon 1997.25.09,Toshkent) shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademik (1968), Mehnat Qahramoni (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). Halima Nosirovaning turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi institutida oʻqigan (1925—28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928-30). Andijon viloyat va Oʻzbek musiqali drama teatrlarida adabiy emakdosh (1930-36), Sanʼat ishlari bosh boshqarmasida boshliq (1946-49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais (1958-80), „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalda bosh muharrir (1969-80, jamoatchilik asosida).Adabiy faoliyati 1925-yildan boshlangan. Uning shu yillardan boshlab yozgan sheʼrlari „Quyosh“ (1930), „Kurash“ (1931) va boshqalar toʻplamlariga kiritilgan. Ayni paytda teatr sanʼati bilan ham qiziqib, „Kar quloq“ (1926), „Teng tengi bilan“, „Lolaxon“ (1927), „Quyosh“ (1929) kabi bir pardali pyesa va inssenirovkalar yozgan.
23-dekabr – Atoqli shoir Asqad Muxtor tavallud topgan kun.
Atoqli shoir Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg’ona shahrida temirchi ishchisi oilasida tug’ilgan.Shoir ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan „G‘alaba ishonchi“, „Jangchining bayram kechasi“, „Tug’ishganlar qaytdi“, „Sog’inish“ singari qator she’riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. „Po’lat quyuvchi“ (1947), „Hamshaharlarim“ (1949), „Rahmat, mehribonim“ (1954), „Chin yurakdan“ (1965) she’riy kitoblarini yozdi. Yozuvchining „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin ko’chalari“ kabi qissalarida, „Opa-singillar“ (1955), „Tug’ilish“ (1963), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1973), „Amu“ kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o’z ifodasini topgan.Asqad Muxtor ,,O’zbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni va Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida , so‘ng Pedakademiyada (1926-1931) o‘qidi. Hamid Olimjon tomonidan yozilgan she’rlar. U talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Uning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi. Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat jabhasidagi qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda qator ajoyib lirik she’rlar bilan birga «Zaynab va Omon» dostonini yaratdi. Zulfiya hayoti va ijodi Hamid Olimjon she’riyatining lirik qahramoni zamon bilan baravar odim otuvchi, vatanparvar, shodlik va baxt taronalarini kuylovchi insondir.
Bugun 12 — dekabr Qirg’iziston yozuvchisi
CHINGIZ AYTMATOV tavallud topgan kun.
Chingiz Aytmatov (qirg‘. Chыngыz Aytmatov; 12-dekabr, 1928 — 10-iyun, 2008) Qirg‘iziston yozuvchisi va elchisi bo‘lgan. Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi tatar oilasida tug‘ilgan Naima opa o‘qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada hisobchisi bo‘lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 1956 — 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan bo‘lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug‘ullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O‘zbekistonning «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirg‘iz tilida yozib, so‘ng o‘zi rus tiliga tarjima qilingan.
1048 yil (bundan 976 yil oldin) – Milodiy 1048 yil 11 dekabrda ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, o‘rta asrlarning buyuk daholaridan biri Abu Rayhon Beruniyning sog‘lig‘i yomonlashib, Gʻazna shahrida do‘stlari davrasida hayotdan ko‘z yumdi va shu yerda dafn etildi. Mustaqillik yillarida uning xoki Gʻazna (Afg‘oniston)dan Beruniy shahriga olib kelinib, qayta dafn etilgan.
O‘zbekiston xalq shoiri
To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga
To‘ra Sulaymon ijodida ona tilimiz jilosi
Qaysi millat vakili bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z milliy tili bilan faxrlanishi bor gap. Eng mayda millat tili bo‘lgan taqdirda ham bugungi globallashuv davrida uning yo‘qolishi umuminsoniyat uchun madaniy qashshoqlashuvdir.

17-sentabr – O‘zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabr kuni Qo’qon shahrida temirchi oilasida tug’ilgan.Bolaligi Qo’qon va uning atrofidagi qishloqlarda o’tdi.
A.Qahhor ijodi she’riyat bilan boshlangan esa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. “Boshsiz odam” (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya,ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Uning “Boshsiz odam” hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o’tmish aks ettirilgan. ”Qo’shchinor chiroqlari” (1951) romanida dastlabki varianti “Qo’shchinor” (1946) jamoalashtirish jarayonining voqealari badiiy tasvirlangan.
Бугун 13 август — Усмон Азим туғилган кун
УСМОН АЗИМ 1950 йил 13 августда Бойсун туманида туғилган.Ўзбекистон халқ шоири (2000), драматург. Тошкент университетининг журналистика факультетини тугатган (1972).Республика радиосида муҳаррир, катта муҳаррир ва бош муҳаррир ўринбосари (1976—89), Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Тошкент вилоят бўлимида масъул котиб (1989—90). Ўзбекистон Республикаси Президенти девонида сектор мудири, етакчи консультант, Президентнинг Давлат маслаҳатчиси (1991-94).2003 йилдан Ўзбек миллий академик драма театрида адабий эмакдош.Илк китоби — «Инсонни тушуниш» (1979). Шундан сўнг шоирнинг «Ҳолат» (1979), «Оқибат» (1980), «Кўзгу» (1983), «Сурат парчалари» (1985), «Даре» (1985), «Иккинчи апрель» (1987), «Бахшиёна» (1989), «Faройиб аждарҳо» (1990), «Уйғониш азоби» (1991), «Fycca» (1994), «Узун тун» (1994), «Бор эканда, йўқ экан» (1995), «Сайланма» (1995), «Куз» (2001) каби шеърий ва «Жоду» (2003) насрий тўпламлари нашр этилган.
Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 63 yoshga to‘ldi
Bugun, ya’ni 24 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomidir.
Prezidentimiz ayni damda 63 yoshni qarshi olmoqda. Tavallud ayyomlari bilan tabriklar ekanmiz, ayni sinovli kunlarda Shavkat Miromonovichga tog‘dek sabr, matonat, kuch-quvvat tilaymiz. Oilalari va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.
Bugun Said Ahmad tavallud topgan kun.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «O‘zbekiston Qahramoni» Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan. Avval o‘rta maktabda, so‘ng Navoiy nomli pedagogika institutida o‘qigan. Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog‘liq. Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er yurak» (1942-yil), «Farg‘ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat» (1949-yil) to‘plami, «Qadrdon dalalar» (1949-yil), «Hukm» (1958-yil) qissalari e’lon qilindi.Uning ijodida «Ufq» romani alohida o‘rin tutadi. 60-yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop etilgan.
Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etdi.
Bugun 30 may Mirtemir (1910-1972) tug‘ilgan kun.
🔹O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910-yil 30-mayda Qozog‘iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi.
🔹Uning birinchi she’ri 1926-yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosiladi.
🔹Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928-yilda chop etilgan.
🔹Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir.
🔹U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «YO‘lbars terisini yopingan pahlavon», Berdaq asarlari va qirg‘iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
🔹 «Men seni…», «Chag‘alay», «Qirg‘iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog‘im», «Qaydadir buloq» kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.
🔹1979-yilda Mirtemirga «Tog‘day tayanchim» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
🔹Mirtemir 1972-yilda vafot etgan.

1894-yil 10-aprel — O‘zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun
Dunyoda ko’pgina millat borligini hisobga olsak, bu albatta, millatdosh sifatida kishida faxr hissini uyg’otadi.
Bu kun mutafakkirimiz tavalludiga 130-yil toʻldi.
Amir_Temur_tavalludining_688_yilgi
XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatiga tushib qolgan mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu mintaqada Amir Temur (1336-1405 yillar) boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy jarayonda shubhasiz Sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
Bu aqlli va bilimli inson o‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, g‘oyalari mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Vatanimiz tarixidagi 29 mart sanasi bilan bog‘liq bir voqea bayoni
1906 yil (bundan 118 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan biri Tamaraxonim (Tamara Petrosyan) tavallud topdi (vafoti 1991 yil).
Kelib chiqishi arman, o‘zi esa o‘zbek mahallada katta bo‘lgan Tamaraning turmush o‘rtog‘i va qizining otasi taniqli qo‘shiqchi Muhitdin Qori Yoqubov. U 19 yoshidayoq keng omma e’tirofi va sharafga ega bo‘lgan. Hayoti davomida yer sharining yarimini aylanib chiqqan.
Bir kichik voqeadan so‘ng Tamaraning ismiga Xonim taxallusi mustahkam o‘rnashib olgan. Kunlardan bir kuni Moskvaga uyushtirilgan katta safar oldidan konsert tashkilotchilaridan biri mahalliy aholi Tamaraga “xonim” deya yuzlanishayotganini eshitib qoladi. Ertasiga “Tamara Xonim” ismli afisha butun shahar bo‘ylab osilgan edi.
1994 yilda Toshkentda Tamara Xonim uy-muzeyi ochilgan.
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan.
Haq yoʻlida kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqqin ming ganj ila.
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Alisher Navoiy
O’lkamiz ijodkorlari
Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin. Shundagina farzandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar
Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich)
1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir.
«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2019 yil 16 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
Bugun 4-sentyabr Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tug’ilgan kun.
Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4.09 da Xorazmda tavallud topdi.
Zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgangan qomusiy olim. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrgangan.
O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
MANGU YASHAYSIZ

Istiqlol quyoshi charog‘on,
Esmoqda bir mayin sabolar,
Nomlamlari tirikdir har qachon,
O‘lmaydi hech qachon daholar.
Halqimning ey buyuk dahosi,
Doston -u,tillarda yashaysiz,
Halqimning ulug‘vor qoyasi,
Siz mangu dillarda yashaysiz.
Quyoshsiz, charog‘on yuuduzsiz,
Nur sochib yashaysiz siz abad,
Yuksaldi,jahonga tutdi yuz,
Siz qurgan ulug‘vor saltanat.
Shod bo‘lsin ruhingiz jannatda,
Shu tilak tilagay barcha qalb,
O‘zbek deb atalgan millatga,
Istiqlol bitildi siz sabab.
Istiqlol safosi gullarda,
Esmoqda hur vatan sabosi,
Siz mangu yashaysiz dillarda,
O‘zbekning ey buyuk dahosi.
Xurshid Karim
Bugun tugilgan Kun
Erkin A’zam 1950 yili 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972).
O‘zbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida bo‘lim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ko‘p jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), O‘zbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (1992–1994) lavozimlarida ishladi. Ikkinchi chaqiriq (1994–2004) O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Hozirgi kunda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.
Adibning o‘quvchilik yillarida yozilgan ilk “Inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosildi (1966). Dastlabki “Chiroqlar o‘chmagan kecha” hikoyalar to‘plami 1977 yilda chop etildi.
1981 yilda nashr qilingan ikkinchi kitob – “Otoyining tug‘ilgan yili” nomli qissa va hikoyalar to‘plami uchun muallif 1982 yilda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi. Shundan so‘ng iste’dodli adibning “Olam yam-yashil” (1984), “Mir v svetax” (1989), “Pakananing oshiq ko‘ngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002), “Jannat o‘zi qaydadir” (2007), “Ertak bilan xayrlashuv” (2007), “Guli-guli” (2009), “Shovqin” (2001) kabi bir qator roman, qissa va hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. “Jannat o‘zi qaydadir”, “Shajara”, “Farrosh kampirning tushi”, “Xonadon egasi”, “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi” nomli pyesalari respublikamiz teatrlarida muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.
Erkin A’zamov kinodramaturgiyamiz rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning ssenariysi asosida tasvirga olingan “Chantrimore” (1990), “Piyoda” (1996) milliy kino san’atimizda yangilik bo‘ldi. Navbatdagi “Dilxiroj” (2001) filmi xalqaro miqyosda e’tibor qozondi. Germaniya va Fransiya televideniyelari orqali namoyish etildi. Nusxasi Fukuoko (Yaponiya) kinomuzeyida saqlanadi; “Erkak” (2004) nomli filmi “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovringa (Gran-pri) sazovor bo‘ldi.
Bugun — 5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun
🔹Oʻtkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentda,
Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan.
🔹Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil).
🔹Adibning dastlab “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplami, “Choʻl havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Ijodkor “Xazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati”, “Toʻylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatagʻon” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi.
🔹2013-yil 24-may juma kuni ogʻir xastalik tufayli oilasi davrasida, Toshkentda vafot etgan.
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Davlatimiz rahbari 66 yoshni qarshilamoqda.

Prezident va yillar haqida
1957 yilning 24 iyulida Zominda sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori bo‘lgan marhum Miromon Mirziyoyev va rafiqasi ikki qizdan so‘ng nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lishadi. O‘zSSRda tug‘ilgan ushbu chaqaloq kun kelib mustaqil mamlakat rahbari bo‘lishini kim ham o‘ylagan deysiz.
Tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘z davlatimiz prezidenti haqida ochiq manbalardan olingan ba’zi ma’lumotlarni bo‘lishaman.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini tamomlab, 1981 yildan boshlab ayni shu yerda kichik ilmiy xodim, dosent va prorektor sifatida ko‘tarila boshladi.
Mustaqillik yillarida deputatlikka o‘tib, 1992 yilda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, Jizzax viloyati hokimi darajasiga ko‘tarilgan. 2001 va 2003 yillar davomida Samarqand hokimi bo‘lgan.
Va uning kayerasidagi keskin burilish 2003 yil sodir bo‘lib, O‘tkir Sultonov o‘rniga bosh vazir etib tasdiqlandi hamda 13 yil davomida, ushbu lavozimga 3 marta qayta tasdiqlanib, ijro hukumatiga rahbarlik qildi.
2016 yil, Islom Karimov vafot etgach, qonunchilikka ko‘ra vaqtincha boshqaruvchi rahbar Nig‘matulla Yo‘ldoshev, o‘zini yetarli tajribaga ega emasligini aytib, boshqaruvni Shavkat Mirziyovga bergan. Shu yilning 4 dekabr kunida saylov orqali salkam 90 foiz ovoz bilan rasman O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan.
Prezident ham alohida shaxs ekanligidan kelib chiqib, uning shaxsiy va oilaviy hayoti daxlsizligini xurmat qilgan holda, bunga ortiqcha to‘xtalmaymiz. Qibray va Zomindagi hayotdan tashqari, texnika fanlari nomzodining poytaxtdagi hayot yo‘li ham ancha qiziqarli. 2021 yil saylovchilar bilan uchrashuvda Mirziyoyev bu darajagacha kelish oson bo‘lmaganini ta’kidlab, bir shingil motivasiya ham bergan edi.
Prezidentlik davrida hozircha eng ko‘p Qozog‘istonga (8 marta) tashrif buyurdi. 3 ta farzandning otasi. Yaqinda uchinchi muddat – 7 yilga rahbarlikka saylandi.

Yodgor Sa’diyev 77 yoshni qarshiladi


Bugun, 12 iyun kuni o‘zbek madaniyati va san’ati darg‘asi, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev tavallud topgan kun. Aktyor Yodgor Sa’diyev 77 yoshni qarshiladi.
Yodgor Sa’diyev xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega aktyorlardan biri. U 1946 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Faoliyatini O‘zbek milliy akademik drama teatrida boshlagan Yodgor Sa’diyev bugungi kunda ham mazkur teatr sahnasida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
1946 yil Toshkentda, san’atkorlar oilasida tavallud topgan Yodgor Sa’diyev bolaligidan ham san’atga, ham sportga havasmand bo‘lib voyaga yetdi. “Paxtakor” futbol jamoasida darvozabon bo‘lib ko‘zga tushgan Yodgor Sa’diyev sportchilarga xos ba’zi muammolar sabab futboldan ketadi.
Aktyor 1971 yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatib, O‘zbek milliy akademik drama teatrining yosh aktyolari qatoridan joy oladi. Otaxon teatrning ustoz aktyorlari nazariga tushgan Yodgor Sa’diyev epizod rollarda uzoq qolib ketgani yo‘q. “Qaroqchilar”, “Uylanish”, “Boy ila xizmatchi”, “Yulduzli tunlar”, “Alisher Navoiy”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi spektakllarda 60dan ziyod esdaqolarli rollar ijro etdi.
Teatr sahnasida omadi chopgan Yodgor Sa’diyevga kino ham begona bo‘lmadi. “Dilbarim”, “Minorxo‘rlik Jo‘ra ovchi”, “Yengilmas”, “O‘n uch terak ko‘chasi”, “Qizil qumlar” nomli filmlar bugun TVlarda efirga uzatilmasada, ularni keksa tomoshabinlar yaxshi eslashadi.
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyevning ijodida “Shaynanat” seriali juda katta o‘rin tutadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aktyor necha yillarkim xalq ko‘z o‘ngida Asadbek bo‘lib yashab kelmoqda. Bu ham bo‘lsa, uning o‘z rolini ishonarli va qoyilmaqom qilib ijro etganidan dalolat. 1998 yilda suratga olingan “Shaytanat” seriali haligacha tomoshabinlarning tilidan tushmay kelyapti.
46 yillik ijodiy faoliyatga ega bo‘lgan aktyor 1998 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qalqon” studiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Aktyor o‘tgan yillarda yana teatrga qaytdi. Yodgor Sa’diyevning muxlislari uni O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida “Imon” spektakli bilan kutib olishdi.

Bugun sevimli adibimiz Said Ahmad tavallud topgan kun.Tavallud sanasi: 10-iyun 1920-yilVafot sanasi: 5-dekabr 2007-yil(87 yoshda)Kasbi: YozuvchiMagnum opus: «Jimjitlik», «Ufq (trilogiya)»si.“Farg‘ona hikoyalari”,“Muhabbat” to’plamlari kitobsevarlar tomonidan, sevib o’qiladi.Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan. Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda rafiqasi Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Denov tumanida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Festival avvalida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida faxriylar barcha tumanlardan tashrif buyurgan mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda Sharof Rashidov ko‘chasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faylasuf, muttafakkir va shoir Umar Xayyom tavallud topgan kun.

Umar Xayyom taxallusi; asl ism sharifi Giesiddin Аbdulfatx Umar ibn Ibroxim Xaem Nishonpuriy) (1048.18.05.-Nishonpur-1134.4.13).-matematik, astronomik, faylasuf, xakim va mutafakkir shoir, Nishopurda boshlangʼich maʼlumotni olgach, Balx, Buxora va Samarkandda taxsil qurgan. Malikshox va Nizomulmulk (1019-1992) daʼvati bilan 1074 yilda Isfoxonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan.

Bu taqvim Yevropada undan 500 yil Keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʼlgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʼzini shayx ur-rais Аbu Аli ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblangan. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʼoya va qarashlarini davom ettirgan va targʼib qilgan.

Бугун ўзбек ўғлони марҳум шоир Муҳаммад Юсуф туғилган куни

Denov tuman kutubxonalarida faoliyat yuritgan kutubxonachilar ish jarayonidan lavxalar.
Ushbu xujjatlar Denov tuman Davlat arxivi fondida saklanmokda
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Kuybishev” kolxozi mexanizatori Tursunoy Pirnazarova traktorda paxta termokda.Paxta yig‘im-terimi mavsumi 1985 yil.Ushbu fotosurat Denov tuman davlat arxivida saqlanmokda.
Denov shaxridagi Mayakovskiy nomli o‘rta maktab kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib ishlagan Murodov Ochil bu kasbda 40 yildan ortiq faoliyat yuritgan.
1989 yil. Ushbu xujjat Denov tuman davlat arxivida saklanmokda. Fond-448, ruyxat-1,sak.bir-225