E’LONLAR
Bu kun 1920-1930-yillarda va undan keyingi yillarda sobiq Sovetlar davlati tomonidan siyosiy qatag‘onga uchragan, ayniqsa, millat ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan yuz minglab vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlanadi.
Shu muqaddas zamin, ona yurt tinchligi, mustaqilligi va taraqqiyoti uchun jonini fido qilgan, qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning hayoti, taqdiri haqidagi haqiqatni kelgusi avlodlarga boricha yetkazish har bir yurtdoshimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Nom nishonsiz o‘tib ketar nomard kishi,
Vatan uchun qayg‘urmoqlik mardning ishi,
Tashvishingiz bo‘ldi doim yurt tashvishi,
Vatan uchun joni qalqon, fidolarim,
Ruhingiz shod bo‘lsin mangu bobolarim.

Президент — Ўзбекистон Республикасида давлат бошлиғи, фуқароларнинг ҳуқуқлари ва эркинликларига, мамлакатимиз Конституцияси ва қонунларига риоя этилишининг кафили бўлган, қонунларни имзолайдиган энг муҳим шахсдир

O‘tkazilish vaqti: Denov tuman , 2025-yil 9-iyul


