E’LONLAR

9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(1875-1919)

* *
Mahmudxo‘ja Behbudiy chor hukumati va mahalliy mutaassib kuchlarning mislsiz qarshiligiga qaramasdan, yurtimizda birinchilar qatorida ilk zamonaviy maktablar tashkil qilish, ular uchun zarur darsliklar yaratish, nashriyot va teatrlar barpo etish ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Mohir publisist sifatida o‘z davrining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan qator salmoqli asarlar va ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratdi. Shu bilan birga, “Samarqand” gazetasi hamda “Oyina” jurnaliga asos soldi. 1914 yilda “Turon” teatrida sahnalashtirilgan “Padarkush” pyesasi orqali o‘lkamizda teatr san’atining tamal toshini qo‘ydi. Afsuski, atoqli adib va jamoat arbobi bo‘lgan bu mutafakkir zot 44 yoshida yovuz kuchlar qurboni bo‘ldi.
Mustaqillik davrida Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, keyingi yillarda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida uning muazzam haykali o‘rnatilgani, Samarqand shahrida uy-muzeyi tashkil qilingani mamlakatimiz hayotida katta voqea sifatida e’tirof etildi. Iste’dodli dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot ta’sis qilingani shu yo‘ldagi yangi amaliy qadam bo‘ldi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining yosh avlodimiz intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, shu asosda ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalash borasidagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda uning bebaho merosini yanada kengroq o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida
Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida
Мамлакатимизда халқимизнинг миллий қадриятларини тарғиб этиш, урф-одат, анъаналаримизга ҳурмат ва эҳтиромни янада ошириш мақсадида “Хон атлас” фестивалини ўтказиш яхши анъанага айланган. 9-14 сентябрь кунлари ўтказилиши эълон қилинган
❗️Ўзбекистонда умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади

🔍 24−25 август (шанба ва якшанба) кунлари Мустақиллик байрами арафасида умумхалқ хайрия ҳашари бўлиб ўтади.
Bugun Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni. Davlatimiz rahbari 63 yoshga to‘ldi
Bugun, ya’ni 24 iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tavallud ayyomidir.
Prezidentimiz ayni damda 63 yoshni qarshi olmoqda. Tavallud ayyomlari bilan tabriklar ekanmiz, ayni sinovli kunlarda Shavkat Miromonovichga tog‘dek sabr, matonat, kuch-quvvat tilaymiz. Oilalari va butun O‘zbekiston xalqi baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini tilab qolamiz.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil bo‘ldi
📌 1992 yil 2 iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respubliksi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Қонунга (https://www.lex.uz/acts/17260) muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
☑️ O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.
1994 yilning 1 iyul sanasi milliy valyuta — so‘m muomalaga kiritilgan kun
Milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib o‘tgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993 yillarda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda ko‘p izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.
1993 yilning 15 noyabridan boshlab to‘lov vositasi sifatida “So‘m-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida ma’lum tajribaga ega bo‘lish uchun “So‘m-kupon” o‘tish valyutasi sifatida xizmat qildi.
Ushbu yo‘nalishda yetarli tajriba to‘plangach, 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi. Dastlabki banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan.
1995-1996 yillarda Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qog‘oz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va o‘zimizda “pul ishlab chiqarish” yo‘lga qo‘yildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”  2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda hududiy axborot kutubxona markazlarida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.
📚Shu munosabat bilan Siz, aziz kitobxonlarni 2024-yil 22-27-aprel kunlari Surxondaryo viloyat Denov TAKMda bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2024” ga barchangizni taklif etamiz. 
📝Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kitob yarmarkalari, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.
‼️E’LON
✅Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 23-oktabr kuni soat 10:00 da an’anaviy «INFOLIB O’ZBEKISTON–2023» XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning ochilish marosimi bo’lib o’tadi
🗣Barcha yurtdoshlarimizni haftalikning ochilish marosimiga taklif etamiz!

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri daryo, yuragi vatan ishqi jo‘sh urgan, aziz vatandoshim…
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 32- yillik to‘yi bilan tabriklayman.
Iloxim yurtimiz tinch , osmonimiz musaffo , dasturxonlarimiz doimo to‘kin bo‘lsin. Uyimizdan qut- baraka arimasin. Nuroniylarimiz hamisha izzatda yurishsin. Farzandlarimiz ilmli , salohiyatli bo‘lib , nafaqat yurtimiz, balki jahon sahnalarida ham yuzimizni yorug‘ qilib , jonajon vatanimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarishsin
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿
9-avgust — Butunjahon kitobsevarlar kuni
Har yili 9-avgust kuni butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu bayram dastlab AQShda kitobsevarlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Bora-bora bu an’ana ommalashib, dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar o‘rtasida tarqaldi.
Kitob o‘qishdan charchamang, mutolaada bo‘ling!
2023-yil 24–26-may kunlari Buxoro shahrida “Central Asia–2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanning yalpi majlisi, shoʻba yig‘ilishlari, seminar-treninglar hamda mahorat darslari uchun online ishtirokchilarga quyidagi zoom platformasi havolalarini taqdim etamiz.

Новости медицины
Aziz kitobxon siz ham oz kelajagingizni ozingiz belgilang. 30-aprel kuni o’tkaziladigan Referendumga befarq bo`lmang!

Milliy_kutubxonadan_sovgʻa kitoblar

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan, Denov tuman Axborot-kutubxona markaziga 42 nomda, 146 nusxada o’zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblari to’plami sovg’a qilindi.

2022-yil 31.10-04.11-oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy «INFOLIB O’ZBEKISTON–2022» XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI
bo’lib o’tadi. 
       Haftalik doirasida   II «YOSH KUTUBXONACHILAR» FORUMI tashkil etiladi. 
      Haftalik davomida bo’lib o’tadigan  tadbirlar onlayn va oflayn tarzida o’tkaziladi.
      Haftalikda O’zbekiston Respublikasining barcha аxborot-kutubxona markazlari hodimlari va kitobхonlar ishtirok etishlari mumkin.
     Barchangizni ushbu haftalikda ishtirok etish uchun taklif etamiz.