2001-yildan buyon har yili 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanib kelinayotgani barchaga ma’lum. Bu kun 1920-1930-yillarda va undan keyingi yillarda sobiq Sovetlar davlati tomonidan siyosiy qatag‘onga uchragan, ayniqsa, millat ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan yuz minglab vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlanadi. Shu muqaddas zamin, ona yurt tinchligi, mustaqilligi va taraqqiyoti uchun jonini fido qilgan, qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning hayoti, taqdiri haqidagi haqiqatni kelgusi avlodlarga boricha yetkazish har bir yurtdoshimiz uchun ham qarz, ham farzdir. Nom nishonsiz o‘tib ketar nomard kishi, Vatan uchun qayg‘urmoqlik mardning ishi, Tashvishingiz bo‘ldi doim yurt tashvishi, Vatan uchun joni qalqon, fidolarim, Ruhingiz shod bo‘lsin mangu bobolarim.22−23 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Бугун Президентимиз Шавкат Миромонович туғилган кун. Президент — Ўзбекистон Республикасида давлат бошлиғи, фуқароларнинг ҳуқуқлари ва эркинликларига, мамлакатимиз Конституцияси ва қонунларига риоя этилишининг кафили бўлган, қонунларни имзолайдиган энг муҳим шахсдир«KITOBXONLIK MADANIYATI:MUAMMOLAR, TAHLIL VA ECHIMLARI” mavzusida o’tkaziladigan seminar O‘tkazilish vaqti: Denov tuman , 2025-yil 9-iyul
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda hududiy axborot kutubxona markazlarida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Siz Aziz kitobxonlarni 2023-yil 10-15-aprel kunlari Denov tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2023” ga barchangizni taklif etamiz. Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kitob yarmarkalari, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.2022-yil 31.10-04.11-oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy «INFOLIB O’ZBEKISTON–2022» XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI bo’lib o’tadi. Haftalik doirasida II «YOSH KUTUBXONACHILAR» FORUMI tashkil etiladi. Haftalik davomida bo’lib o’tadigan tadbirlar onlayn va oflayn tarzida o’tkaziladi. Haftalikda O’zbekiston Respublikasining barcha аxborot-kutubxona markazlari hodimlari va kitobхonlar ishtirok etishlari mumkin. Barchangizni ushbu haftalikda ishtirok etish uchun taklif etamiz.