Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich) 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. «Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir. «Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2019 yil 16 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
Bugun 4-sentyabr Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tug’ilgan kun. Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4.09 da Xorazmda tavallud topdi. Zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgangan qomusiy olim. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrgangan.
O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi. MANGU YASHAYSIZ Istiqlol quyoshi charog‘on, Esmoqda bir mayin sabolar, Nomlamlari tirikdir har qachon, O‘lmaydi hech qachon daholar. Halqimning ey buyuk dahosi, Doston -u,tillarda yashaysiz, Halqimning ulug‘vor qoyasi, Siz mangu dillarda yashaysiz. Quyoshsiz, charog‘on yuuduzsiz, Nur sochib yashaysiz siz abad, Yuksaldi,jahonga tutdi yuz, Siz qurgan ulug‘vor saltanat. Shod bo‘lsin ruhingiz jannatda, Shu tilak tilagay barcha qalb, O‘zbek deb atalgan millatga, Istiqlol bitildi siz sabab. Istiqlol safosi gullarda, Esmoqda hur vatan sabosi, Siz mangu yashaysiz dillarda, O‘zbekning ey buyuk dahosi.Xurshid Karim
Bugun — 5-avgust — O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun Oʻtkir Hoshimov – 1941-yili 5-avgustda Toshkentda, Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi vazifasini bajargan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991-yil). Adibning dastlab “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplami, “Choʻl havosi” yirik nasriy asari, “Odamlar nima derkin”, “Qalbingga quloq sol” qissalari chop etilgan. “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari unga katta shuhrat keltirdi. “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari oʻzbek adabiyotida muhim oʻrin tutadi. Ijodkor “Xazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati”, “Toʻylar muborak”, “Vijdon dorisi”, “Qatagʻon” kabi bir qator drama, komediya, kinossenariylar muallifi. 2013-yil 24-may juma kuni ogʻir xastalik tufayli oilasi davrasida, Toshkentda vafot etgan.
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Davlatimiz rahbari 66 yoshni qarshilamoqda. Prezident va yillar haqida 1957 yilning 24 iyulida Zominda sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori bo‘lgan marhum Miromon Mirziyoyev va rafiqasi ikki qizdan so‘ng nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lishadi. O‘zSSRda tug‘ilgan ushbu chaqaloq kun kelib mustaqil mamlakat rahbari bo‘lishini kim ham o‘ylagan deysiz. Tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘z davlatimiz prezidenti haqida ochiq manbalardan olingan ba’zi ma’lumotlarni bo‘lishaman. Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini tamomlab, 1981 yildan boshlab ayni shu yerda kichik ilmiy xodim, dosent va prorektor sifatida ko‘tarila boshladi. Mustaqillik yillarida deputatlikka o‘tib, 1992 yilda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, Jizzax viloyati hokimi darajasiga ko‘tarilgan. 2001 va 2003 yillar davomida Samarqand hokimi bo‘lgan. Va uning kayerasidagi keskin burilish 2003 yil sodir bo‘lib, O‘tkir Sultonov o‘rniga bosh vazir etib tasdiqlandi hamda 13 yil davomida, ushbu lavozimga 3 marta qayta tasdiqlanib, ijro hukumatiga rahbarlik qildi. 2016 yil, Islom Karimov vafot etgach, qonunchilikka ko‘ra vaqtincha boshqaruvchi rahbar Nig‘matulla Yo‘ldoshev, o‘zini yetarli tajribaga ega emasligini aytib, boshqaruvni Shavkat Mirziyovga bergan. Shu yilning 4 dekabr kunida saylov orqali salkam 90 foiz ovoz bilan rasman O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan. Prezident ham alohida shaxs ekanligidan kelib chiqib, uning shaxsiy va oilaviy hayoti daxlsizligini xurmat qilgan holda, bunga ortiqcha to‘xtalmaymiz. Qibray va Zomindagi hayotdan tashqari, texnika fanlari nomzodining poytaxtdagi hayot yo‘li ham ancha qiziqarli. 2021 yil saylovchilar bilan uchrashuvda Mirziyoyev bu darajagacha kelish oson bo‘lmaganini ta’kidlab, bir shingil motivasiya ham bergan edi. Prezidentlik davrida hozircha eng ko‘p Qozog‘istonga (8 marta) tashrif buyurdi. 3 ta farzandning otasi. Yaqinda uchinchi muddat – 7 yilga rahbarlikka saylandi.
Faylasuf, muttafakkir va shoir Umar Xayyom tavallud topgan kun Umar Xayyom taxallusi; asl ism sharifi Giesiddin Аbdulfatx Umar ibn Ibroxim Xaem Nishonpuriy) (1048.18.05.-Nishonpur-1134.4.13).-matematik, astronomik, faylasuf, xakim va mutafakkir shoir, Nishopurda boshlangʼich maʼlumotni olgach, Balx, Buxora va Samarkandda taxsil qurgan. Malikshox va Nizomulmulk (1019-1992) daʼvati bilan 1074 yilda Isfoxonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079 yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan.Bu taqvim Yevropada undan 500 yil Keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʼlgan. Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʼzini shayx ur-rais Аbu Аli ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblangan. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʼoya va qarashlarini davom ettirgan va targʼib qilgan.
Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (10.04.1894.-Toshkent-04.10.1938.) XX asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. batafsil
Амир Темур тавваллудининг 687 йиллигига “Темур тузуклари”да давлат хизматини ташкил этиш ва кадрлар масаласи Амир Темур даврида бошқарув икки идора: даргоҳ ва девонларга (вазирликларга) бўлинган. Даргоҳ – энг олий давлат идораси ҳисобланиб, унинг бошлиғи олий ҳукмдор, яъни Амир Темурнинг ўзи бўлган. Даргоҳ фаолиятини бошқариш, унинг вазирликлар, маҳаллий ҳокимият идораларини салтанат фаолияти билан боғлаб туриш ишларини олий девон – “Девони бузрук” олиб борган. batafsil
Zulfiya (1915-1996) O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi.batafsil
2023 yil 15-fevral istedodli shoira Saida Zunnunova tavallud topgan kun. Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. Adabiyotga muhabbat yosh shoirani O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetaklaydi. U o‘qishni tamomlab, “Gulxan” jurnali, “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi. Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat zavqini tarannum etuvchi “Qizingiz yozdi” (1948), “Yangi she’rlar” (1950), “Gullar vodiysi” (1954), “Qizlarjon”, “Bir yil o‘ylari” (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning “Gulbahor” hikoyalar to‘plamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, “Gulxan” (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov” (1962), “Bo‘ylaringdan o‘rgilay” (1972), “Direktor” kabi asarlarning qahramonlari ham munis ayollardir. So‘zga xasislik, badiiy siqiqlik, tabiiylik, sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnunova hikoyalariga xos xususiyatlardir. Ona Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, halol mehnat, baxt va muhabbat tuyg‘ularini kuylagan shoiraning lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan. Taniqli yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi bo‘lmish Saida Zunnunova 1977 yili og‘ir xastalikdan keyin 51 yoshida vafot etgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 7 dalil Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan; 1494 yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan; 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan; 1526 yil aprelida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland kelgan; Bobur 1530 yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot etadi. Uning xoki keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobuldagi “Bog‘i Bobur”ga olib kelingan; Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asariga qadar Hindiston hech qachon bunchalik chuqur o‘rganilmagan va u hind olimlariga mamlakat tarixini o‘rganishga katta yordam bergan. Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan «Boburiylar sulolasi»ning «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan atalishi Ovro‘po tarixchilarining xatosidir
Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan o‘ngga, xohlasa tepadan pastga qarata o‘qib ko‘rsin…
Bugun Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun Taniqli dramaturg, publisist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 19 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. Behbudiy yangi maktablar uchun ko‘plab darsliklar chop ettirgan. “Samarqand” (hozirgi “Zarafshon”) gazetasini, so‘ngra “Oyna” jurnalini chiqargan. 1919 yil bahorda Shahrisabzda Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. 2020 yil Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 145 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni”da buyuk ma’rifatparvarning haykali o‘rnatildi, jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiya ta’sis etildi. Shuningdek, Samarqand shahrida uy-muzeyi ochildi. Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 30 sentyabrdagi farmoniga ko‘ra, Behbudiy Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi30-yillarda ko’zga ko’ringan va el og’ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo’qondagi bolalar uyida o’tgan Usmon o’rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakul`tetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o’qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko’rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to’plamlari, «Norbo’ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo’ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo’lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o’z aksini topdi.